Tehron o‘z manfaatlarini ilgari suradigan va o‘z shartlarini qo‘yadigan davlatlar bilan muzokaralarga bormaydi. Bu haqda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy ma’lum qildi. U AQShning yadroviy qurol bo‘yicha muzokaralar olib borish taklifiga shunday javob berdi.
“Ular muzokaralar stolining narigi tomonida o‘tirgan tomonga o‘z talablarini qo‘yishni xohlashadi”, - deydi Xomanaiy.
Vashington Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron bilan shartnoma tuzmoqchi. Oq uy Eron hukumati AQSh bilan muloqotga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda. Biroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi AQSh Tehronga nisbatan bosim va tahdid siyosatini davom ettirar ekan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish mumkin emasligini aytdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!