Fargʻona viloyati Farg‘ona shahrida Tico avtomashinasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fargʻona shahar Yangi Asr koʻchasida yashovchi S.B. IIBga murojaat qilgan. U o‘z murojatida joriy yilning 18-iyun kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida Tico rusumli avtomashinasini kaliti oʻzida qoldirib, oyna va eshiklari ochiq holda turganidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Sh.R. minib ketganligi aniqlanib, Yangi Asr koʻchasida joylashgan avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchasiga toʻxtagan vaqtida IIO FMB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!