So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida “yovvoyi odam” paydo bo‘lganligi haqida turli xil ma’lumotlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar fonida viloyat IIBB rasmiy munosabat bildirdi:
“Internet ijtimoiy tarmoqlarida Beshariq tumanida “yovvoyi” kimsa paydo bo‘lgani va ayollar, bolalarga tashlanib qolayotganligi haqida tarqalgan xabar Farg‘ona viloyati IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqarolar tomonidan aytib kelinayotgan “yalang‘och odam”, “yovvoyi odam” ni hech bir shaxs ko‘rmaganligi, uning tasviri videokuzatuv kameralariga tushmaganligi, qolaversa mazkur holat sun’iy shov-shuv ko‘tarish uchun tarqatilgan yolg‘on xabar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi xabarlarga ishonib, noo‘rin xulosaga bormang. Ijtimoiy tarmoq faollarini bu kabi asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz”– deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!