Kecha Farg‘ona tumanida soat 15:30 larda jala va do‘l yog‘ib o‘tgan. Natijada:
“Shohimardon” MFYda soat 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda Qurkul sel yo‘lidan oqib o‘tgan;
Shohimardon qishlog‘ida 4-5 m3/s sel oqimi vujudga kelib, qishloq shifokorlik punkti hovlisi va 4 ta aholi xonadonini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan;
“Yordon” MFYda 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda Bukan sel yo‘lidan oqib o‘tgan.
“Hozirda FVV xodimlari tozalash ishlari olib bormoqda. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q” – deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!