Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-maktabning sobiq direktori Gulira’no Qosimova fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan avvalgi ish joyiga tiklandi hamda unga 3 oylik majburiy yo‘qlama (progul) davri uchun ish haqi undirib beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudlari ma’lum qildi.
Sud da’vogarning arizasini ko‘rib chiqib, uning ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topdi. Qarorga asosan, da’vo arizasida keltirilgan holatlar haqqoniy deb baholanib, fuqaroning talabi to‘liq qanoatlantirilgan.
Gulira’no Qosimova avvalroq ish joyida o‘tkazilgan turli noqonuniy tekshiruvlar, shuningdek, yaqinlariga qilingan bosimlar sabab, lavozimidan ketishga majbur bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!