$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Haydovchilar diqqatiga! O‘zbekistonda to‘rt tomonni kuzatuvchi radarlar ishga tushadi

12:41 / 20.05.2023

Kecha, 19-maydan boshlab Toshkent viloyatida qoidabuzarliklarni 360 darajada aniqlovchi qurilma ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan 360 darajada qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma ishga tushirilgan.

“Bundan maqsad – respublika hududida YTHlarni oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash”, – deyiladi xabarda.

Yangi qurilma yo‘llarda avtomobillarning 7 ta qoidabuzarlik harakatini aniqlaydi.

Qurilma to‘xtab turganda va harakat davomida ham quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi:

– o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish;
– harakatlanish tezligini me’yoridan oshirish;
– svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik (to‘xtash chizig‘ini bosish);
– yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
– yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik;
– yo‘nalishli transportlar harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarga o‘tib harakatlanish yoki to‘xtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
– davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yo‘qligini aniqlaydi.


Bu ham qiziq

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Nomdanak” MFYning ayrim hududlariga 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy …
10:56 / 08.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilayotgan loyiha yoshlar o‘rtasida texnika ta’limi nufuzini oshirishga qaratilgan.
11:08 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!