$
12920.48 UZS
-7.79
130.17 UZS
0.51
13436.01 UZS
-26.2
Kechasi

Huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tkaziladi — prezident topshirig‘i

09:25 / 13.12.2023

Yig‘ilishda ayrim hududlarda energetika tizimida kuzatilayotgan muammolar muhokama qilindi. Prezident ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarga alohida e’tibor qaratdi.

Masalan, Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida gaz kamaygan. Andijon viloyatining Baliqchi, Paxtaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida havo sovushi bilan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘paygan. Qashqadaryo viloyati G‘uzor va Kasbi tumanlarida elektr ko‘p o‘chayotgani ma’lum qilingan.

Davlat rahbari bunday kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida oldini olish lozimligi yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti mutasaddilariga avariya brigadalarini shay holatga keltirib, tunu kun ishlashini ta’minlash, zarur vosita va materiallar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu yil ko‘mir ta’minotida ham yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Hududlardagi omborlarda turgan ko‘mirni aholiga va ijtimoiy sohaga yetkazilishini kundalik nazoratga olish, isitish tizimi davlat-xususiy sherikka o‘tkazilgan obyektlarda zarur ko‘mir zaxirasini yaratish kerakligi aytildi.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qonunga xilof holatlarni cheklash muhimligi ham ko‘rsatib o‘tildi.

Bugundan boshlab barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga o‘tishi belgilandi.

Yig‘ilishda Yangi yil bayrami oldidan aholi farovonligi uchun sharoitlarni yana-da yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Madaniy tadbirlar yuqori darajada o‘tkazilishi, ko‘ngilochar dasturlar va xizmatlarni ko‘paytirilishi qayd etildi. Shuningdek, bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etiladi. Narx-navolarni asossiz oshirishga urinish Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinadi.
Shuningdek, jamoat transportlarining barqaror qatnovini ta’minlash, metro va avtobuslarda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Bekatlarda sharoitlarni yaxshilash, yo‘llarni tozalash va harakat xavfsizligini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda qishga tayyorgarlik bo‘yicha Hukumat komissiyasi va boshqa mutasaddilarning hisoboti eshitildi.


Bu ham qiziq

Abdulla Aripov Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov Ozarbayjonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Aqtaudagi samolyot halokati va odamlar halok bo‘lg…
12:13 / 27.12.2024
O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 60 milliard dollardan oshdi

2023-yil oxirida bu ko‘rsatkich 53 milliard dollarni, jumladan, davlat qarzi 29,7 milliard dollarni va xususiy qarz 23,3 mil…
17:33 / 27.12.2024
2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
10:07 / 27.12.2024
Pokiston zarbasidan keyin Afg‘onistonda 52 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi

Pokiston zarbasidan keyin Afg‘onistonda 52 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi

Shu o‘rinda, Afg‘oniston ham Pokistonning harakatlari javobsiz qolmasligi haqida ogohlantirgan.
10:58 / 27.12.2024
O‘zbekistonda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor jigar ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
19:15 / 27.12.2024
Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Yashnobod tumanining ayrim yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklandi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
15:58 / 27.12.2024
100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi.
11:15 / 27.12.2024
Toshkentda Turkmaniston elchixonasi xodimlari uchun turar-joy majmuasi ochildi

Toshkentda Turkmaniston elchixonasi xodimlari uchun turar-joy majmuasi ochildi

Toshkentda Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari uchun yangi turar-joy majmuasi ochildi.
18:22 / 28.12.2024
Yangi Toshkentda 420 gektarlik Markaziy bog‘ barpo etiladi

Yangi Toshkentda 420 gektarlik Markaziy bog‘ barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishmoqda.
14:46 / 28.12.2024
27-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -1 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
23:02 / 26.12.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!