$
12005.09 UZS
-20.13
148.56 UZS
-0.8
13898.29 UZS
-71.41
31° Kechasi 18°

2024-yilda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga oshib, 21 trillion so‘mga yetgan

13:50 / 28.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida O‘zbekistonni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish vazifasi belgilangan. Shu maqsad yo‘lida raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirib kelinmoqda. Barcha hududlarda IT-parklar tashkil etilib, bu sohada o‘qish va ishlash uchun imkoniyat kengaygan. Internet tezligi va qamrovi oshgan. 190 mingdan ziyod aholi ishli bo‘lgan.

So‘nggi yillarda sohada 3 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobar o‘sib, ularning soni mingtadan oshgan. Bugun soha vakillarining har o‘ntadan bittasi shunday xalqaro korxona. Shuningdek, yetti yil avval 12 ta eksportchi korxona bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 650 ta bo‘ldi. Yil yakuni bilan axborot texnologiyalari va aloqa xizmatlari eksporti 900 million dollardan oshadi.

Hayotning turli jabhalarida sun’iy intellektni qo‘llash kengaymoqda. Shunday texnologiya asosida 20 dan ortiq loyihalar ishga tushgan. Tarmoq va yirik korxonalar bo‘yicha yana 70 ta loyiha ishlab chiqilgan. Sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 ta pog‘onaga ko‘tarilgan.

Bu yo‘nalishga e’tiborning davomi sifatida, O‘zbekiston prezidentining shu yil 14-oktyabrdagi qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan edi. Unda sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar ulushini ko‘paytirish, texnik infratuzilmani kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish kabi qator chora-tadbirlar belgilangan.

Taqdimotda raqamli texnologiyalar vaziri kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar haqida axborot bergan.

Jumladan, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inha universitetlarida sun’iy intellekt bo‘yicha laboratoriyalar ochiladi. Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va o‘rinbosarlarining bu borada malakasi oshiriladi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Tarmoq korxonalarida boshlangan transformatsiya ijobiy natija beryapti. Shu yilning o‘zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga oshib, 21 trillion so‘mga yetgan. “O‘zbektelekom” kompaniyasi daromadi 9 trillion so‘mdan oshgan.

Endi kelgusi yil boshqaruvni to‘liq raqamlashtirib, xarajatlarni iqtisod qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingni olish zarurligi ta’kidlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” tizimida ham o‘zgarish bor. Bu yil tushumlar 1,4 barobar, eksport 20 foiz oshgan. Yangi turdagi xizmatlar joriy qilingani natijasida jo‘natmalar soni 50 foiz ko‘paygan.

Rejaga ko‘ra, kelasi yil 1 ming 600 ta pochta bo‘linmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yo‘lga qo‘yiladi. Raqamli saralash markazi ochilib, bunday tovarlar va pochta jo‘natmalariga ishlov berish sifati yaxshilanadi. Bu maqsadlar uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablag‘ jalb qilinadi.

Soha uchun muhim asos – telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Endi bunga tayanib, barcha tarmoq va hududlar kesimida raqamlashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilangan.

Jumladan, kelgusi yilda 6 mingta yangi tayanch stansiya quriladi. 30 ming kilometr optik tolali kabellar tortilib, qamrovi 98 foiz bo‘ladi. Soha eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish choralari ko‘riladi.

Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi haqidagi qonun ishlab chiqilishi soha rivoji uchun yana bir katta yangilik bo‘ladi. “Enterprise Uzbekistan” nomli ushbu markazda “Ingliz huquqi” tamoyillari, kapitalning erkin harakati, xalqaro standartdagi mehnat munosabatlari, xorijiy bank filiallari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Taqdimotda sun’iy intellektga doir qonuniy asoslarni yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.


O‘zbekiston


														
														Quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berildi

Quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berildi

Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
14:48 / 03.11.2025

														
														O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.
12:23 / 03.11.2025

														
														“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” surxondaryoliklarni kuchli chang-to‘zonlardan ogohlantirdi

3-noyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyati hamda respublikaning tog‘li hududlarida shamolning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqd…
10:22 / 03.11.2025

														
														Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

“Rossiya hududida ona-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar vatani…
09:34 / 03.11.2025

														
														O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025

														
														O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 2,1 million tonna poliz mahsuloti yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘j…
17:27 / 02.11.2025

														
														3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025

														
														Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” ertaga, 3-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:59 / 02.11.2025

														
														Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025

														
														Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025

Bu ham qiziq

Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni 1-noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trampdan tariflarga qarshi siyosiy reklama uchun uzr so‘r…
16:38 / 02.11.2025
Eron deportatsiya qilingan afg‘onistonlik talabalarga onlayn ta’lim taklif qildi

Eron deportatsiya qilingan afg‘onistonlik talabalarga onlayn ta’lim taklif qildi

Eron Ichki ishlar vazirligi vataniga deportatsiya qilingan afg‘on o‘quvchilari uchun onlayn ta’lim dasturini ishga tushirdi.
17:13 / 02.11.2025
Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025
2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025
Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Tur…
12:43 / 02.11.2025
O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida YTH sabab 1303 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov ma’lum qildi.
12:23 / 03.11.2025
O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onistonlik hamkasbi bilan gaplashdi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ish…
17:43 / 02.11.2025
Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF M25 turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
13:03 / 01.11.2025
Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Nomzod shaharning yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi Sadriddin Shoqosimovn…
14:34 / 01.11.2025
Meksikada do‘kon portlashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Meksikada do‘kon portlashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, baxtsiz hodisada halok bo‘lgan orasida to‘rt nafar voyaga yetmaganlar ham borligi aytilmoqda.
11:47 / 02.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!