O‘zbekistonda ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Tayinlovga qadar Z.Qurbonov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
IIVda vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozirga qadar vakant edi. Unga quyidagi xizmatlar bevosita bo‘ysunadi:
Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi;
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi.
Ma’lumot uchun, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning hozirda 6 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!