24-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani Toshkent mahallasida yashovchi fuqaro B.S. dehqon bozoriga kirish eshigi oldiga, o‘ziga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashinasini qo‘yib, fuqarolarning harakatlanishiga xalaqit bergan holda e’tirozlariga sabab bo‘lganligi uchun IIO xodimi tomonidan transport vositasini bu joydan olishi aytilgan. Biroq B.S. xodimning qonuniy talablarini bajarmay, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan shovqin-suron qilib, haqoratlab, janjal ko‘targan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan B.S.ga nisbatan yuqoridagi moddalar asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari jarima jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!