Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar “yashil yoʻlak” orqali 2025-yil 31-yanvarga qadar jarimalarsiz va qonuniy choralarsiz mamlakatni tark etishlari mumkin bo‘ladi.
Janubiy Koreya Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi oʻrtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, ushbu mamlakatda noqonuniy yurgan fuqarolar uchun “yashil yoʻlak” orqali chiqib ketish loyihasining amal qilish muddati 2025-yil 31-yanvargacha uzaytirilgan.
Kelishuvga koʻra, belgilangan muddat davomida Koreyani tark etgan fuqarolar jarimalardan ozod etiladi va keyinchalik mamlakatga kirishi yengillashadi.
Loyiha muddati yakuniga yetgandan soʻng, noqonuniy yurgan shaxslarga bir oy uchun 2000 dollargacha jarima hamda Koreyaga qayta kirishga taqiq qoʻllanilishi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!