Pensiya jamg‘armasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya to‘lovlari haqida hisobot berdi. Unga ko‘ra, jamg‘armadan pensiya oluvchi 4 million 76 ming kishiga jami 5 trillion 963 million so‘m to‘langan. Shundan 4,7 trillion so‘mlik to‘lovlar naqdsiz shaklda (plastik kartaga), 1,26 trillion so‘mi naqd amalga oshirilgan.
Qoraqalpog‘istonda 218,7 ming kishi — 314,5 milliard so‘m;
Andijon viloyatida 382 ming kishi — 479,9 milliard so‘m;
Buxoro viloyatida 258,2 ming kishi — 383,7 milliard so‘m;
Jizzax viloyatida 137,8 ming kishi — 191,1 milliard so‘m;
Qashqadaryo viloyatida 364,6 ming kishi — 522,7 milliard so‘m;
Navoiy viloyatida 137 ming kishi — 257,1 milliard so‘m;
Namangan viloyatida 319,5 ming kishi — 398,1 milliard so‘m;
Samarqand viloyatida 433,9 ming kishi — 620,2 milliard so‘m;
Sirdaryo viloyatida 104,2 ming kishi — 154 milliard so‘m;
Surxondaryo viloyatida 273,5 ming kishi — 365,5 milliard so‘m;
Toshkent viloyatida 370,1 ming kishi — 596,6 milliard so‘m;
Farg‘ona viloyatida 481,7 ming kishi — 627,9 milliard so‘m;
Xorazm viloyatida 224,8 ming kishi — 308,9 milliard so‘m;
Toshkent shahri 370,6 ming kishi — 742,5 milliard so‘m pensiya olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!