$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

Ijtimoiy intellekt nima va nega uni rivojlantirish kerak?

09:12 / 04.03.2022

Ijtimoiy intellekt - bu insonga boshqalar bilan muvaffaqiyatli munosabatda bo‘lishga yordam beradigan bilim, ko‘nikma va qobiliyatdir. O‘zimiz va boshqalarning xatti-harakatlarini tushunish, vaziyatga qarab harakat qilish qobiliyati shular jumlasidandir.

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, psixologiya fanlari doktori Dmitriy Ushakovning yozishicha, zamonaviy dunyoda mehnat taqsimoti kuchayib bormoqda va shuning uchun individual yutuqlar tobora jamoaviylikka aylanib bormoqda. Muvaffaqiyatga erishish uchun esa, bugungi kunda o‘z sohangizning professionali bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Shuningdek, siz odamlar bilan munosabatlarni yaxshilash, o‘zingiz g‘oyalar yaratish, ularni jamiyatda targ‘ib qila olishingiz kerak. Misol uchun, takliflarni ilgari surishdan qo‘rqmang va murakkab narsalarni oddiy so‘zlar bilan tushuntirishni o‘rganing.

Ijtimoiy intellektda intuitsiya va shaxsiy sifatlar asosiy rolni o‘ynaydi. Aslida, ijtimoiy intellekt insonning odamlarni va kundalik vaziyatlarni qanchalik tushunishining ko'rsatkichi hisoblanadi. Odatiy hayotda bunday ko‘nikmalarni xushmuomalalik va sog‘lom fikrlash deb atashadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ijtimoiy intellekt yuqori aqliy daraja bilan o‘lchanmaydi. Bunga misol qilib esa, Sherlok Holmesni yoki "The big bang theory" serialidagi bosh qahramon Sheldonni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ayniqsa, Sheldon aqliy darajasi eng yuqori insonlardan biri deb hisoblangan bo‘lsa-da, uning ijtimoiy intellekti past deyiladi. Shu sababdan ham u atrofdagilarning tuyg‘ularini to‘g‘ri baholay olmaydi va buning ortidan do‘stlari hamda hamkasblari bilan til topishga qiynaladi.

Ijtimoiy intellektni rivojlantirishdan foyda nima?

Ijtimoiy intellekt insonning o‘zini, xulq-atvorini, boshqa odamlarning xatti-harakatlarini tushunish va samarali o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, maqsadlarga erishish qobiliyatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu qobiliyatni o‘zingizda rivojlantirish orqali siz insonlarni yaxshi tushunish bilan birga, ular bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishingiz, jamiyatda o‘z o‘rningizni topgan holda, maqsadlaringizga muvaffaqiyatli erishishingiz mumkin.

Ijtimoiy intellektni qanday rivojlantirish mumkin?

1. O‘zingizda ijtimoiy sezgirlikni oshiring. Ego ramkalaringizdan chiqing va odamlarning xulq-atvorini kuzatish va o‘rganishni boshlang;
2. Tana tilini o‘rganing;
3. Muloqotning kuchli vositasi bo‘lgan yuz ifodalari va mimikalarni kuzatib, o‘rganishni o‘zingizda rivojlantiring;
4. Insonlar kayfiyatini tushunishni o‘rganing. O‘zingizda aktyorlik qobiliyatini rivojlantiring. Chunki bularning har ikkisi ham ijtimoiy intellektni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu qobiliyatning asosoiy ko‘nikmalaridan biri ham kayfiyatni tushuna olish va vaziyatga moslashishdir;
5. Notiqlik qobiliyatingizni oshiring;
6. "Mafiya", "Monopoliya" kabi "ijtimoiy" o‘yinlarni o‘ynang.

Agar siz bu tavsiyalar siz uchun emas va sizning ijtimoiy intellektingiz shundoq ham joyida ekanligiga takabburlik bilan ishonsangiz, adashasiz.

Ijtimoiy intellektning rivojlanishi cheksiz jarayondir. Chunki bizning hayotdagi vazifalarimiz va maqsadlarimiz doirasini o‘sib bormoqda. Olti oy o‘tgach, siz ish joyida ko'tarilishingiz, endi o‘rganib qolgan hamkasblaringizdan uzoqlashib boshqa filiallarga o‘tishingiz, ish joyingizni o‘zgartirishingiz mumkin va bunda atrof muhitingiz tamomila o‘zgarib ketadi. Joylashayotgan joyingizda aloqalarni yaxshilash va boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatga kirishishda esa, ijtimoiy intellektning roli katta.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda 220-500 kV.li elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar quradi

O‘zbekiston Afg‘onistonda 220-500 kV.li elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar quradi

Ushbu loyihalar 2027-yilning birinchi choragiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
13:05 / 07.09.2025
O‘zbekistonliklar bugun to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ladi

O‘zbekistonliklar bugun to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ladi

Bugun, 7-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston fanlar…
16:57 / 07.09.2025
Angrenda bir nechta avtomobil ishtirokida yirik “avariya” sodir bo‘ldi

Angrenda bir nechta avtomobil ishtirokida yirik “avariya” sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa neft ortilgan maxsus yuk mashinasi va sement ortilgan yuk mashinasi, shunin…
15:12 / 07.09.2025
Sumi shahrida portlash sodir bo‘ldi

Sumi shahrida portlash sodir bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Portlash Ukrainaning Sumi shahrida havo hujumi sirenasi ostida sodir bo‘lgan.
17:08 / 07.09.2025
Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari soliq to‘liq to‘lamaganligi uchun iste’foga chiqdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari soliq to‘liq to‘lamaganligi uchun iste’foga chiqdi

“Anjela Reyner ko‘chmas mulk xaridi paytida soliqni kam to‘lash bilan bog‘liq mojarodan so‘ng barcha lavozimlaridan iste’fog…
19:43 / 06.09.2025
8-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:57 / 07.09.2025
Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londonda Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarida politsiya 400 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi.
09:51 / 07.09.2025
Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil harbiylari G‘azodan otilgan raketani tutib olganini ma’lum qildi.
11:49 / 07.09.2025
Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!