Samarqandda 2 nafar fuqaroni 24 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro o‘zga shaxslarning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilgani aniqlandi. Shuningdek, u ushbu “mehnati” evaziga har biridan 12 000 AQSh dollaridan jami 24 000 AQSh dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!