$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Ikkinchi jahon urushida yuzdan ortiq fashistni yo‘q qilgan o‘zbekistonlik "snayper" qiz haqida bilasizmi?

10:21 / 07.05.2022

Dunyoda urushdan koʻra yomon narsa boʻlmasa kerak. Urush yosh-u qarini, erkagu ayollarni birday oʻz domiga tortuvchi ofat. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Markaziy Osiyo respublikalari, xususan Oʻzbekistondan millionlab insonlar frontga yoʻl oldi. Shular orasida aktrisa boʻlish orzusida Moskvada tahsil olayotgan, endigina 18 bahorni koʻrgan oʻzbekistonlik Zebo Gʻaniyeva ham bor edi.

Zebo Gʻaniyeva nozik xilqat vakili boʻlishiga qaramay, qoʻliga KO-91/30 rusumli snayper miltigʻini olib, Moskva mudofaasida koʻrsatgan jasoratlari tillarda doston boʻldi. Qahramonimiz oʻz jonini xavf ostida qoldirib, razvedkachilar safida 12 marta “til” (dushmaning rejalarini bilib olish uchun tirik asir tutib kelish) operatsiyalarida ishtirok etib shuhrat qozondi. Zebo Gʻaniyeva 33 marotaba jarrohlik stoliga yotib, oʻlimdan qoldi.

Bugungi maqolamizda nozik xilqat vakili boʻlishiga qaramay Ikkinchi jahon urushida qatnashib, jasorat koʻrsatgan oʻzbekistonlik merganchi qiz Zebo Gʻaniyeva haqida soʻz yuritamiz.

Yoshlik

Zebo Gʻaniyeva 1923-yil 20-avgust kuni dunyoga kelgan. Uning qayerda dunyo kelganligi haqida turli bahslar mavjud. Baʼzi tarix adabiyotlarida, u Ozarbayjonda tugʻilgani qayd etilgan. Boshqa maʼlumotlarda esa Zebo Gʻaniyevaning dunyoga kelgan joyi Sirdaryo viloyati Guliston shahri ekani yozilgan.

Uning otasi Gʻaniyev Pasha ozarbayjonlik boʻlib, Shamaxa shahrida tugʻilgan. Gʻaniyev Pasha 1902-yilda Ozarbayjonda yuz bergan kuchli yer silkinishidan soʻng vatanni tashlab Oʻzbekistonga keladi. U shu yerda boʻlajak umr yoʻldoshi Komilani uchratib, u bilan turmush quradi. Tez orada oilada qiz farzand dunyoga keldi. Ona oʻz qiziga Zebo deb ism qoʻydi. 

1933-yilda oila Bokuga koʻchib oʻtdi. Gʻaniyev Pasha oʻqituvchi va tarjimon boʻlib faoliyat yuritar edi. Komila opa esa ayollar huquqini himoya qilish qoʻmitasida ishlardi.

1937-yilda Stalin qatagʻonining qonli tigʻlari bu oilani ham chetlab oʻtmadi. Zebo Gʻaniyevaning onasi Komila opa hibsga olindi va xalq dushmani sifatida otib tashlanadi. Tez orada qahramonimizning otasi ham qoʻlga olinib, sudsiz otib tashlandi. Shundan soʻng Zebo Gʻaniyeva balogʻatga yemasdan turib, ota-onasidan judo boʻladi. Oʻsha vaqtda u endigina 14 yoshda edi.

14 yoshli qahramonimizning peshonasiga “xalq dushmanining farzandi”, degan tamgʻa bosildi. U Turkmaniston orqali Oʻzbekistonga qaytishga muvaffaq boʻladi. Zebo Gʻaniyeva bu yerda onasining qarindoshlari bilan hayot kechira boshladi. Qahramonimiz maktab davrida sharq raqsini oʻrgandi. U maktabni tamomlagach, Toshkentdagi oʻzbek filarmoniyasining xoreografiya boʻlimiga oʻqishga kirdi va Tamaraxonimga shogird tushdi.

Orzularning chilparchin boʻlishi

Tamaraxonim oʻz shogirdi Zebo Gʻaniyevaning oʻqishni Moskva sanʼat institutida davom ettirishiga yordam berdi. Qahramonimiz katta orzular bilan Moskvaga keldi. Biroq 1941-yil 22-iyun kuni erta tongda Germaniyaning Sovet Ittifoqiga hujum qilishi yoshgina qizaloqning orzularni chilparchin qildi. Oʻsha vaqtda Zebo Gʻaniyeva 16 yoshda edi.

Fashistlar qisqa vaqt ichida Moskva ostonasida paydo boʻldi. Zebo Gʻaniyeva yosh boʻlishiga qaramay chaqiruv punktiga boradi. Biroq qizlarni 18 yoshdan armiyaga qabul qilinayotgani uchun unga rad javobini beriladi. Shunda soʻng qahramonimiz hamshiralik kursida oʻqib, jangda yaralangan askarlarga shifo ulashadi. Harbiy tayyorgarlik vaqtida Zebo Gʻaniyeva oʻzining merganlik mahoratini namoyish etadi. Shundan soʻng u merganlik kursiga yuborildi.

Nihoyat, 1942-yilda Zebo Gʻaniyeva jang qilish uchun Shimoliy-Gʻarbiy frontga yetib keldi. U tez-tez razvedkaga ham borib turdi. Kunlarning birida Gʻaniyeva bilan dugonasi Nina Soloveyga ochiq maydonga chiqish, emaklagan holda nemis handaqlariga yaqinlashib borish hamda u yerda nimalar boʻlayotganini bilib qaytish haqida buyruq berildi. Oʻshanda qishning eng sovuq pallasi edi. Qizlar oppoq xalatlarga oʻralib hech kimga sezdirmasdan maydonga chiqdilar-da, ertalab soat beshga yaqin dushman handaqlariga yetib bordilar. Ular sakkiz soat sovuqda qimir etmay, ovoz chiqarmay yotadi. Diviziyadagilar esa qizlar sovuqda qotib qolishdi, deb oʻylashadi. Qorongʻi tushgach, har ikkisi yana emaklab ortga qaytib keladi.

Oʻsha qishning oʻzida Zebo Gʻaniyeva 16 marta razvedkaga bordi, dushman haqida muhim maʼlumotlar olib keldi. Razvedkalar oraligʻidagi tanaffus paytlarida esa qoʻlga mergan miltigʻini olib ochiq marraga chiqar va fashistlarni qiyratar edi. Qahramonimiz butun urush davomida 129 ta fashistni yoʻq qildi. Zebo Gʻaniyeva 1941–1943–yillar oraligʻida 33 marotaba takror va takror yaralandi. Ilk jarohatdan soʻng raqsga tushishni sevuvchi, quvnoq qizdan asar ham qolmadi. Endi Zebo Gʻaniyeva hayotga oʻzgacha koʻz bilan qarashni boshladi. U oʻz hayoti haqida koʻproq qaygʻurib, hayotning har bir soniyasini qadriga yetishni oʻrgandi. 

Jarohat va uyga qaytish

1942-yilning 23-may kuni Leningrad oblastidagi Vragovo qishlogʻida Zebo Gʻaniyeva haqiqiy qahramonlik koʻrsatdi. U tepalikda merganlik pozitsiyasini egallab turganida nemislar qishloqni tashlab chiqa boshlaydi. Qahramonimiz oʻz sheriklari bilan ularni oʻqqa tutadi va olti fashistni yer tishlatadi. Bu paytda qishloqda jang olib borayotgan leytenant Marchenko koʻmak soʻraydi va Zebo Gʻaniyeva safdoshlari bilan qishloq tomon yuguradi. Shu payt panada oʻrnashib olgan fashist ularni oʻqqa tutadi. Zebo javob oʻqi bilan avtomatchini tinchitadi. Biroq shu payt yoʻllangan minomyot zarbalaridan keyingi oskolkalardan qattiq yaralanadi va hushini yoʻqotadi.

Zebo Gʻaniyevaning doʻstlari – Nina Solovey, Fedor Kirillov va Yakov Kolyakolar jang maydonidan olib chiqadilar. Moʻjiza tufayli aynan shu paytda Moskvaga uchayotgan samolyotga Zeboni chiqarib yuboradilar. Moskvadagi gospitalda unga eng yaxshi shifokorlar gʻamxoʻrlik qilishadi. Prezidium raisi Nikolay Shvernikning turmush oʻrtogʻi Mariya Shvernik shaxsan oʻzi qoni zararlangan, ogʻir ahvoldagi Zeboni 11 oy davomida parvarishlaydi. Zebo Gʻaniyeva sogʻayganida Mariya Shvernik unga “barcha ayollar oʻz farzandlarini 9 oy koʻtarib yuradilar va tugʻadilar, men esa seni 11 oy koʻtardim”, deya hazillashadi. Keyinchalik Zebo Shverniklar xonadonining tutingan qiziga aylanadi.

Zebo Gʻaniyevani “Sovet Ittifoqi qahramoni” unvoniga tavsiya etishgan ekan. Biroq “xalq dushmanining farzandi”, degan oʻchmas tamgʻa tufayli uning hujjatlari yuqorida ushlab qolindi.

Osuda hayot

Urushdan keyin Zebo Gʻaniyeva yana sanʼatga qaytdi va “Oʻzbekfilm” durdonasiga aylangan “Tohir va Zuhra” filmida Xorazmning goʻzal malikasi Mohim rolini oʻynadi. Biroq urushdan orttirilgan jarohatlar oʻz asoratlarini namoyish qilmasdan qolmadi. Afsuski, bu film uning hayotidagi birinchi va soʻnggi film boʻlib qoldi. Lekin bu roʻl qahramonimizga baxt olib keldi. Mashhur diplomati Tofik Qodirov ekran orqali Zebo Gʻaniyevani koʻrib qolib, uni uchrashuvga taklif etadi.

Qahramonimiz Ozarbayjon diplomati Tofik Qodirovga turmushga chiqdi va oʻgʻil farzandlik boʻldi. Keyinchalik tarix bilan shugʻullangan Zebo Gʻaniyeva sharqshunoslik fanlari doktori, professor darajasiga koʻtarildi.

Ikkinchi jahon urushidagi xizmatlari uchun oʻzbek qizi “Moskva mudofaasi uchun”, “Qizil bayroq”, “Qizil yulduz” ordeni hamda I darajali “Ulugʻ vatan urushi” ordenlari bilan mukofotlandi. Uzoq va mazmunli 87 yil umr koʻrgan Zebo Gʻaniyeva 2010-yilda Moskvada vafot etdi.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026
Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026
Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!