Maxsus texnikalarsiz uy tozalash inson organizmida kaloriya hosil bo‘lishiga va mushaklar kuchayishiga yordam beradi.
Mutaxassislarning fikricha, uyni tartibga keltirish uchun inson bir soat jismoniy harakat qilsa, o‘rtacha 300-400 kkall yig‘ishi mumkin. Masalan, 30 daqiqa changni tozalash orqali 80 kaloriya yig‘iladi.
Professional farroshlar ishtirokida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, oshxonani tozalashda boshqa xonalarni tozalashdan ko‘ra ko‘proq kaloriya hosil qilinadi. Idishlarni qo‘lda yuvish yarim soat ichida taxminan 160 kkalni beradi. Hammom plitkalarini yarim soat davomida tozalash 100 kaloriya hosil qiladi.
“Agar siz uy tozalashdan jismoniy faollikni oshirish usuli sifatida foydalanayotgan bo‘lsangiz, buni har kuni 20-30 daqiqa davomida bajaring. Mushaklar muvozanatini taʼminlash uchun bir kun kir yuvish va changni tozalashga, boshqa kunlarda hammomni tozalashga eʼtibor qarating”, - deydi mutaxassislar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!