$
12085.56 UZS
33.51
164.52 UZS
-0.78
13870.60 UZS
-114.6
31° Kechasi 18°

Insonning xotiralari qayerda saqlanadi?

17:35 / 12.03.2023

“Agar insonlar atrofda qanchalar ajoyib imkoniyatlar va moʻjizaviy tortiqlar sochilib yotganini bilganlarida edi, nolish va dangasalik haqida butunlay unutgan boʻlardilar”. Al-Beruniy.

Ajdodlarimiz orasidan chiqqan ulugʻ allomalar haqida mutolaa qilgan vaqtda ularning katta miqdordagi maʼlumotlarni eslab qolish borasida qobiliyatlari bizni hayron qoldiradi.

Biz esa oson yoʻldan borishni istaymiz. Toʻgʻrida, miyadagi barcha maʼlumotlarni oddiy fleshka ichida saqlash imkoni turganda ularni yodlab oʻtirishga ne hojat?!

Ishlatilmaydigan, sizga foydasi tegmayotgan maʼlumotlarning asta-sekin unutilib ketishini maktab oʻquvchisi ham juda yaxshi biladi. Keling, bugun oʻzimizdagi chegaralanmagan imkoniyatlar, eʼtibor, xotira va ong imkoniyatlari haqida gaplashamiz.

Xotiralar qayerda saqlanadi?

Nima deb oʻylaysiz, yangi bilimlarni qabul qilish jarayoni nima uchun doim ogʻir kechadi? Gap shundaki, qabul qilish mexanizmi biz “Xotira” deya ataydigan qismda joylashgan.

Xotira – miyaning boshdan kechirilgan hodisalar, xayollar, hissiyotlar, tahlillarni yodda saqlash va ular orasidagi aloqani belgilash imkoniyatidir. Biz olingan maʼlumot kerakli paytda xotiradan chiqarilishini yaxshi bilamiz.

Bir urinishdayoq yangi tajriba va bilimni qabul qilish paytida miyada elektrik signal paydo boʻladi va u oʻzining yonida turgan neyronni uygʻotadi. Signal kimyoviy reaksiyani atrofdagi neyronlarga uzatadi, ular orasidagi masofa ham katta boʻlmaydi.

Maʼlumotlar mana shu yerda kichik oraliqdan oʻtib olishi lozim. Sinaptik oraliqdan oʻtib takrorlangan maʼlumot neyronlar aloqasi yordamida mustahkamlanadi. Shu tariqa hodisa xotiraning bir qismiga aylanadi. Neyronlarning har biri 10 000 ta turdoshi bilan aloqa oʻrnatishi mumkin. Ularning umumiy soni 100 milliard ekanligini hisobga oladigan boʻlsak, miyamizning fiziologik imkoniyatlarini cheksiz deya hisoblash mumkin. Miya shunchalar kuchli boʻlsa, nima uchun istalgan maʼlumotni eslab qololmaymiz? Sababi ong maxsus mashqlar bajarmagan holatda bir vaqtda atigi 57 ta maʼlumotni yodda saqlab turishi mumkin. Ular ham maʼlum bir tartibda boʻlishi lozim. Barchasining sababi uning yuza qismida. Miya oʻzi uchun qiziqarli boʻlmagan narsaga quvvat sarflamaydi.

Neyronlar orasidagi aloqa esa bu kabi holatlarda juda zaif boʻladi va osonlikcha uzilib ketadi. Aynan shu sababli ham imtihon paytida oʻrgangan narsalaringizni koʻp oʻtmay yodingizdan chiqarib yuborasiz.

Gippokamp

1953-yilda taniqli jarroh Vilyam Skovill bemori Genri Mollisonni epileptik talvasalardan qutqarish uchun operatsiya oʻtkazadi va jarayon davomida miyaning old tomonidagi qismi hamda gippokampni olib tashlaydi. Bu bemorni talvasalardan xalos qildi, ammo u endilikda maʼlumotlarni oʻz xotirasida faqat 30 soniya saqlab turishi mumkin edi, xolos. Shu tariqa Mollison 2008-yilda vafot etguniga qadar ana shunday xotira va aqliy imkoniyatlar bilan yashadi.

Gippokamp sharofati bilan qisqa va uzoq muddatli xotira insonning yashashi hamda rivojlanishi uchun yordam beradi. Keskin holatda yuzaga kelgan adrenalin chaqnashi shu zahotiyoq xotiraga muhrlanadi. Bunda muhim maʼlumotlar oʻzidan muhim boʻlmagan narsalarni miyadan siqib chiqaradi.

Umuman olganda yorqin emotsional holat bilan qabul qilingan maʼlumotlar tez va uzoq vaqtga xotiraga muhrlanadi. Garchi salbiy tajribalar ham ongimizda uzoq muddat qolsa-da, eslab qolish uchun ijobiy hissiyotlardan foydalanish qulayroqdir.

Jarayonni qanday qilib tezlashtirish mumkin?

Oʻzingiz uchun foydali deb hisoblagan maʼlumotni tezroq oʻzlashtirishning yagona usuli – miyani aldashdir. Maʼlumotni unga diqqatini tortadigan holatda yetkazib berishingiz kerak.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, psixologiya fakultetining neyropsixologiya kafedrasi professori Yuriy Makeziyaning aytishicha, eslab qolish vaqtida har qanday maʼlumotni qayta ishlash kerak. Bu miyaga kirayotgan maʼlumot  biror usul bilan allaqachon mavjud boʻlgan maʼlumotga aloqador boʻlishi kerakligini anglatadi. Jarayon samaradorligini oshirish uchun oʻyin, rohatlanish va qiziqish muhitini yaratish lozim.

Eslab qolish texnikasi yanada samarali boʻlishi uchun esa ekspertlar barqaror assotsiatsiya usulidan foydalanishni maslahat beradilar. Bu kabi aloqani hosil qilishda sizga sinab koʻrilgan va tajribadan oʻtgan vositalar yordam beradi. Yumor, kulgi, qiziqish, insondagi emotsional reaksiyani keltirib chiqaradigan har bir narsa shular jumlasidandir. Agar maqsad toʻgʻri belgilansa bitta emotsional holat bilan bogʻlangan 5 ta suratni miya yagona informatsion katakcha koʻrinishida saqlab qoladi. Bu esa 5 ta emas, 735 ta suratni eslab qolishingiz mumkin boʻladi degani.

Vizualizatsiya vositalari

Eslab qolishni istagan maʼlumotlaringizni bir-biriga bogʻlangan koʻrinishda koʻz olingizga keltirib biror qahramon yoki epizod bilan eslab qolishga harakat qiling. Bu yerdagi asosiy prinsip maʼlumotni odatiy yoki tanish narsa bilan xayolan bogʻlashdir. Bu oʻta oddiy narsa boʻlishi ham mumkin. Misol uchun siyohrang fil yoki muzqaymoq tutgan toʻtiqush kabi. Mazkur usulning haqiqatan samarali ekanligi gollandiyalik trener va klinik psixolog Rikkardo Lyu tomonidan isbotlab berilgan. U oʻtkazgan tajribada tomoshabinlar kartalardagi soʻzlarni eslab qolishga juda qiynaladilar, ammo qahramonlar koʻrinishida vizualizatsiya qilinganidan keyin 10 ta Amerika prezidentini nomma-nom va kerakli tartibda aytib bera olishadi.

Vizual xotira bilan ishlash usuli insoniyatga 1000 yillardan beri maʼlum. Ammo aksariyat odamlar hamon verbal xotiradan foydalangancha maʼlumotlarni soʻzlarni takrorlash, ibora orqali yodlash va qofiyalar bilan eslashga harakat qiladilar. Ayrim paytlarda qoʻshiq matnini yodlab olish uchun soatlab vaqt kerak, imtihonga oid maʼlumotlar, kino yoki spektakldagi rollar soʻzini esa aytmay qoʻyavering.

Ekspertlar statistikasiga koʻra, maʼlumotni toʻgʻri usulda qabul qilish va saqlab qolish yoʻlini sayyoramizdagi odamlarning atigi 1 foizi biladi, xolos.

Neyrooʻzgaruvchanlik

Bizning miyamiz avvallari hisoblanganidek statik tushuncha emas. U hayotimiz davomida tajribalarga javoban o'zgarib turadi, har doim mashq qilish va oʻzgarishga tayyor holatda. Nima bilan shugʻullanishingizdan qatʼiy nazar – tennis yoki shaxmat oʻynash paytida ham uni oʻzgartirib boraverasiz. Muhimi, oʻylash va fikrlash usulini oʻzgartirish orqali miyamizni ham yaxshi tomonga oʻzgartirishimiz mumkin.

Yaxshi narsalar, sogʻlom fikrlar va maqbul tushunchalar haqida oʻylaganda maqsadlarimizni ham shakllantirib boramiz, miyaning oʻzgaruvchanligiga taʼsir koʻrsatamiz.

Shu tariqa uni samarali koʻrinishga keltirib, hayotimizni ham yaxshilash imkoniyatiga ega boʻlamiz. Aytish mumkinki, optimizm va yaxshilik bilan yanada rivojlanib borish har kimning qoʻlidan keladi.

Breynbilding

Miya qarish jarayoni davomida oʻzining odatiy funksiyalarini zaiflashtiradi va bu hayot sifatiga taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi. Shu sababli diqqat, xotira va oʻylash imkoniyatlarini rivojlantiradigan usullar bilan ishlash, ularni muntazam ravishda rivojlantirib borish kerak. Bu borada zamonaviy vositalar ham yetarlicha. Ularning imkoniyatidan foydalanib qoling.

Evolyutsiyaning 200 000 yili davomida insonning DNKsi deyarli oʻzgarmagan. Biz oʻzimiz tomonimizdan yaratilayotgan texnologik reallikka nisbatan sekinroq oʻzgaryapmiz.

Bugungi kundagi maʼlumotlar oqimi vulqonga aylangan, har bir insonda bor boʻlgan ishlash imkoniyati esa hali aniq muvaffaqiyatni anglatmaydi. Shunday ekan qarshimizda tanlov yoʻli paydo boʻladi. Biri shaxsiy, tabiiy imkoniyatlarni rivojlantirish boʻlsa, ikkinchisi tez kunlarda tirik odam miyasiga chip oʻrnatish imkoniyatini ham beradigan intellektual mashinalar bilan boʻlgan raqobatga kirishishdir. Tanlov qilish imkoniyati esa insoniyatning oʻzi qoʻlida!


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

Buxoroda ishga joylashtirish va’da qilib 3 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Buxoroda ishga joylashtirish va’da qilib 3 500 dollar olgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida fuqarolarni ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
12:12 / 17.06.2026
Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Albaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Ko‘ksaroyda qanday kelishuvlarga erishildi?

Iqtisodiy hamkorlik va yangi logistika yo‘laklari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya yetakch…
17:14 / 17.06.2026
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan barcha aloqalarni uzdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan barcha aloqalarni uzdi

Bu qaror Kallasning Mexiko shahridagi muzokaralar chog‘ida aytgan bayonoti ortidan qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Is…
14:30 / 18.06.2026
Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davom…
14:32 / 17.06.2026
Tashiyev jurnalistlar savollarini javobsiz qoldirdi: sudda jonli efirga cheklov qo‘yildi

Tashiyev jurnalistlar savollarini javobsiz qoldirdi: sudda jonli efirga cheklov qo‘yildi

Qirg‘izistondagi shov-shuvli sud jarayonida sobiq yuqori lavozimli amaldor Qamchibek Tashiyev jurnalistlar savollarini javob…
14:21 / 18.06.2026
Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi
17:37 / 16.06.2026
Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkentda haydovchilar uchun qulaylik: Abdulla Qodiriy ko‘chasida yangi burilish joyi ochildi

Toshkent shahrida transport harakatini yanada samarali tashkil etish va haydovchilar uchun ortiqcha vaqt hamda masofa sarfin…
14:17 / 18.06.2026
Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “Air Products” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompani…
17:42 / 16.06.2026
O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

O‘zbekistonlik talabalar ta’lim uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026-yilning yanvar-aprel oylarida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.
17:12 / 17.06.2026
Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Buyuk Britaniyada ikki yil davomida 13-15 yoshli bolalarni zo‘rlab kelgan afg‘onistonlik immigrantlar ushlandi

Politsiya may oyida Norfolk va Shotlandiyada qidiruv o‘tkazib, 20–21 yoshdagi 7 afg‘onistonlikni qo‘lga oldi. Yana bir gumon…
13:40 / 18.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!