$
11857.35 UZS
-33.83
139.32 UZS
-2.51
13746.23 UZS
-7.11
31° Kechasi 18°

Ispaniyadan olib kelingan tok ko‘chatlarida virus aniqlandi

09:41 / 05.11.2022

Joriy yilning oktyabr oyi yakunida Ispaniyadan ilmiy maqsadlarda 34 xil navdagi tok ko‘chatlari olib kelingan. Olib kelingan mahsulot xalqaro talablarga asosan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada olib kelingan ushbu 34 xil navdan 16 tasida 4 xil turdagi virus aniqlangan.

Bular Arabis mozaika virusi, Tokning qisqa bandli virus kasalligi, Tok barglarining bujmayish kasalligi 2-tur virusi, Tok barglarining bujmayish kasalligi 3-tur virusi hisoblanadi.

Arabis mozaika virusi (Arabis mosaic virus ArMV) – ko‘p turdagi mevali va manzarali daraxtlarning kushandasi bo‘lib, o‘simliklar barglarida dog‘lar hosil qiladi. Zararlangan o‘simlik so‘lib qoladi va 50% gacha hosil yo‘qotishi mumkin. Virus Yevropa hududida keng tarqalgan.

Tokning qisqa bandli virus kasalligi (Grapevine fanleaf virus GFLV) – alomatlari Arabis mozaika virusiga o‘xshash bo‘lib, kasallangan tok barglari bujmayib qoladi va rivojlanishda ortda qoladi. Tokning eng xavfli kasalligi hisoblangan virusni erta bahorda aniqlash mumkin. Bunda 80 foizgacha hosil nobud bo‘lib, o‘simlik kasalliklar va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga chidamsiz bo‘lib qoladi.

Tok barglarining bujmayish kasalligi 2-tur virusi (Grapevine leafroll-associated viruses GLRaV-2) – eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, tijorat maqsadida novdalarni ko‘paytirish natijasida keng tarqalgan. Kasallangan qizil navli uzum mevalari anomal qizg‘ish tusga kiradi. Bu virus shiralar orqali yuqib, kurtak hamda niholda saqlanib qoladi. Kechki kuz davrida kasallikka chalingan o‘simlik barglari qizg‘ish-binafsha rangga kirib, tomirlar och yashil rangda bo‘ladi. Ushbu virus yaxshi sug‘oriladigan issiq sharoitda tez ko‘payadi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya uzumzorlar maydoni bo‘yicha 1-o‘rinni, uzum yetishtirish bo‘yicha esa dunyoda 3-o‘rinni egallaydi.

Ispaniyadan keltirilgan navlari ham mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil, kasalliklarga chidamli navlarni respublikada ko‘paytirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida olib kelingan edi. Biroq namunalarda aniqlangan barcha viruslar O‘zbekiston hududida karantin obekti hisoblanib, tegishli tartibga asosan yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.


Bu ham qiziq

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

2026-yilning yanvar—iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar mablag‘ kelib tushdi. Bu haq…
13:27 / 16.08.2026
8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

Iordaniya, BAA, Indoneziya, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot bil…
17:18 / 17.08.2026
Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi

Mamlakatimizda an’anaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita o‘rganish, ularg…
14:41 / 15.08.2026
O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar faoliyati tartibga solinadi. Bu pre…
12:10 / 17.08.2026
Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Omskdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoda yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan.
13:23 / 16.08.2026
Britaniyada bedarak yo‘qolgan mushuk 10 yil o‘tib uyiga qaytdi

Britaniyada bedarak yo‘qolgan mushuk 10 yil o‘tib uyiga qaytdi

Buyuk Britaniyada 2016-yilda bedarak yo‘qolgan Charli ismli mushuk 10 yil o‘tib o‘z uyiga qaytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
17:15 / 17.08.2026
YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

YPX xodimidan qochgan Onix YTHga uchradi

2026-yil 17-avgust kuni soat 01:10 larda Andijon shahri Mashrab ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan On…
09:36 / 18.08.2026
Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“O‘zbek boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, mashhur sportchi va murabbiy Ru…
16:23 / 15.08.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda avtobus, trolleybus va tramvaylarda yo‘lkira to‘lamay yurgan yo‘lovchilarga nisbatan jarimalarni oshirish takl…
15:01 / 17.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!