Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli binoda yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan.
Rossiya tezkor xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar orasida pudrat shartnomasi asosida ishlagan O‘zbekiston fuqarolari bor.
Yong‘in 15 avgust kuni Krupskaya va Arxitektorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida boshlangan. Keyinchalik alanga yuqori qavatlarga ham tarqalgan.
Yong‘in 1 ming kvadrat metr maydonda sodir bo‘lgan. Jabrlanganlarning ayrimlari tanasining 90 foizigacha qismi kuygan. Dastlab sakkiz nafar bemor reanimatsiyada qolgani, uch nafar jabrlanuvchi esa tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga javob berilgani ma’lum qilingan.
Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, reanimatsiyada yetti kishi qolmoqda. Jabrlanganlarning barchasi qurilish ishchilari bo‘lib, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari.
Yong‘inning dastlabki sababi payvandlash ishlari vaqtida izolyatsiya materialining yonib ketgani bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!