Saudiya shahzodasi Londondagi mehmonxonada vafot etdi
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi, 29 yoshli shahzoda Abdulloh bin Fahd bin Abdulloh bin Abdulaziz bin Jallaviy Ol Saud Londondagi Marriott mehmonxonasida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2025 yil 25 noyabr kuni mehmonxona xonasining yuvinish xonasida jonsiz holda topilgan. Mazkur voqea haqidagi ma’lumotlar sakkiz oy davomida oshkor etilmagan.
London Koroner sudida e’lon qilingan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, shahzodaning o‘limiga alkogol va bir nechta narkotik hamda dori vositalarining birgalikdagi ta’siri oqibatida yurak to‘xtashi sabab bo‘lgan. Ekspertiza davomida uning organizmida gamma-gidroksibutirat (GHB), kannabis, alprazolam va boshqa bezovtalikka qarshi dori vositalari izlari aniqlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shahzoda vafotidan avval alkogol va ayrim dori vositalariga qaramlikdan xalos bo‘lish maqsadida Londondagi Priory Clinic hamda keyinchalik Rainford Hall xususiy klinikasida reabilitatsiya kursini o‘tagan.
Tergovchilar shahzodaning o‘z joniga qasd qilganini tasdiqlovchi hech qanday dalil topilmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, uchinchi shaxslarning voqeaga aloqadorligi ham aniqlanmagan. Kuzatuv kameralari yozuvlariga ko‘ra, u o‘limidan oldingi vaqtda mehmonxonada yolg‘iz bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!