$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Italiyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonning gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda ishtirok etdi

19:26 / 30.03.2023

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan “Pietro Fiorentini S.p.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha “SACE” (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, “HGT Training” o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Bugungi kunda, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan gaz ta’minoti tizimini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan uch yilda Jamiyat tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”ni joriy etish loyihasi tabiq etilib, barcha iste’molchilarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatildi. Natijada, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilib, ortiqcha ovoragarchiliklar, jumladan to‘lovlarni amalga oshirish uchun gaz ta’minoti idoralariga murojaat qilish va uzun navbatlarda turish, abonent daftarchalarini yuritish, hisoblagichlarni tekshiruvdan o‘tkazish, noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorliklar va gaz ta’minoti tizimidagi boshqa murakkab jarayonlarga chek qo‘yildi. Hozirda barcha xizmat turlari onlayn rejimga o‘tkazilib, iste’molchi va gaz ta’minoti idoralari o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik va shaffoflik ta’minlandi.

Aholiga tabiiy gazni yetkazib berish jarayonida yo‘qotishlar hajmining kamayishi, “zangori” yoqilg‘idan oqilona foydalanish uchun aholi o‘rtasida energiyani tejamkor texnologiyalarning bosqichma-bosqich ommalashuvi, loyihaning naqadar samaradorligini ko‘rsatmoqda. Biroq, o‘tgan qish mavsumi gaz ta’minoti tizimida hanuz ko‘plab ishlarni amalga oshirish lozimligini yaqqol namoyon etdi. Anomal sovuq havo-harorati va gazning past bosimiga moslashmagan hamda eskirgan ayrim hududlardagi gaz uskunalari ishdan chiqqanligi natijasida gaz sizib chiqish holatlari iste’molchilarda ko‘pgina noqulayliklarni yuzaga keltirdi.

Kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, “Hududgazta’minot” AJ oldiga keyingi bir necha yilda 706,5 ming xonadon gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichliga o‘tkazish va tabiiy gaz iste’mol hajmi balansini avtomatik ravishda shakllantirish dasturini amaliyotga joriy etish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, 381,3 kilometr yangi gaz tarmoqlarini qurish, 452,4 kilometr mavjud gaz quvurlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 5,4 mingta gaz taqsimlash punktlarini modernizasiya qilish, shundan 2,8 mingta yuqori bosimli inshootlarda telemetriya tizimini joriy etish, gaz taqsimlash tarmoqlarida - yuqori aniqlikdagi ul’tratovushli gaz hisoblagichlarini o‘rnatish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi.

Gaz taqsimlash tizimining keng ko‘lamli yangilanishi eskirgan tarmoqlarni almashtirishga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarni kamaytirish, uning barcha toifadagi iste’molchilar o‘rtasida teng taqsimlanishi, shuningdek real vaqt rejimida texnologik jarayonlar ustidan onlayn nazoratni o‘rnatishda o‘z aksini topadi.

Italiya yetkachi kompaniyalari va “Hududgazta’minot” AJ o‘rtasidagi hamkorlik natijasida, erishilgan yuqori samaradorlik, shakllangan o‘zaro hurmat va ishonchli munosabatlarni inobatga olib, mamlakat gaz taqsimlash tizimini modernizasiya va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida muvoffaqiyatli hamkorlikni davom ettirishga qaror qilindi. Bunda, gaz jihozlari va qurilmalarini ishlab chiqarishda dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblangan “Pietro Fiorentini S.p.A.” kompaniyasi zamonaviy gaz tartiblash punktlari (GTP), bosim rostlagichlar, fil’tr va boshqa komponentlarni, “Terranova S.R.L” kompaniyasi tomonidan esa gaz tartiblash punktlarini masofadan monitoring va nazorat qilishga imkon beruvchi telemetriya tizimi yetkazib beriladi.

Ta’kidlash joizki, “Pietro Fiorentini S.p.A” kompaniyasining 4 ta gaz taqsimlash punktlari tajriba-sinov tariqasida fuqarolarning eng ko‘p murojaatlari kelib tushgan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Kattahovuz” mahallasida joriy etildi. Natijada, ushbu mahallaning gaz ta’minoti tizimini tartibga solinib, 305 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash va real vaqt rejimida texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.

Mamlakat gaz taqsimlash tizimini modernizasiya va rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda, zamonaviy va ilg‘or texnologilarda ish faoliyatini amalga oshiruvchi hamda gaz xo‘jaligi boshqaruviga zamonaviy tajribalarni joriy qilishda malakali soha muhandislarini qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Yuqorida qayd etilganidek, 2022-yil 8-sentyabrda tashkil etilgan “HGT Training” o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi eng so‘nggi zamonaviy texnika va anjomlar bilan jihozlanadi hamda mashg‘ulotlarni o‘tish uchun xorijiy mutaxassislar taklif etilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda, mazkur markazda gaz ta’minoti sohasida ilg‘or ta’lim dasturlari va texnologiyalari asosida chuqur bilimga ega rahbar xodim va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi yaratilgan.

 


Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!