$
11806.97 UZS
-18.43
₽
139.86 UZS
-0.48
€
13430.43 UZS
-52.89
31° Kechasi 18°

O‘tin terishga chiqqan ikki falastinlik bola Isroil droni tomonidan o‘ldirdi

16:45 / 03.12.2025

G‘azo sektorida o‘tin terishga chiqqan ikki bola Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi. CNN xabariga ko‘ra,  29-noyabr kuni ertalab bolalarning otasi Tamer Abu Assi nonushta tayyorlayotganida o‘tin tugaganini payqagan. 8 yoshli Fadi va 10 yoshli Jumaa otasi falaj va nogironlar aravachasida bo‘lgani sababli o‘tin olib kelishga ketgan, biroq qaytib kelmagan. Abu Assi dasturxon yozib, ularning qaytishini kutayotgan vaqtda yaqin atrofdagi odamlar boshpanaga yugurib kelib, ikki bola Isroil askarlari tomonidan o‘ldirilganini aytgan.

“Kafanni ochib, ularni quchoqladim. Kichkina Jujumning boshi uzilib ketgan edi, Xudo rahmat qilsin… Qo‘llari kesilgan, tanasining bir qismi yo‘q edi. Fadining esa o‘ng qo‘li va chap oyog‘i uzilgan edi”, – dedi marhum bolalarning otasi titroq ohangda.

Oila ma’lumotlariga ko‘ra, Jumaa va Fadi Bani Suheila shahrida Isroil droni hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Isroil armiyasi o‘z bayonotida hujumni tan olib, bolalarni “sariq chiziqni kesib o‘tib, yerda shubhali harakatlar qilgan va Isroil askarlariga yaqinlashib, ularga bevosita tahdid solgan ikki shubhali shaxs”, – deb atadi.

“Isroil harbiy-havo kuchlari tahdidni bartaraf etish uchun shubhali shaxslarni yo‘q qildi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Bani Suheila “sariq chiziq”dan sharqda, G‘azo sektorida Isroil kuchlari tomonidan nazorat qilinayotgan hududda joylashgan. Hududda belgilar yetarli bo‘lmagani sababli ushbu chiziqning aniq chegarasini aniqlash qiyin.

Oktyabrdan beri o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganiga qaramay, ko‘plab falastinliklar aynan ushbu ko‘rinmas chiziq yaqinida Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan.

Ikki bolaning o‘limi G‘azodagi umumiy qurbonlar soniga qo‘shildi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘azodagi urushda jami 70 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan: ularning 10 mingdan ortig‘i ayollar, 20 ming nafari esa bolalar. Shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish boshlanganidan beri Isroil kuchlari tomonidan 350 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgan.


Falastin-Isroil


														
														Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026

														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026
Jizzaxda tosh davriga oid yangi makonlar va 30 ga yaqin petroglif topildi

Jizzaxda tosh davriga oid yangi makonlar va 30 ga yaqin petroglif topildi

Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik qidiruvlar davomida tosh davriga oid yangi…
16:41 / 28.09.2026
Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bila…
14:34 / 27.09.2026
Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026
Turkiyada Erdo‘g‘anni tanqid qilgan komik sud qilinadi

Turkiyada Erdo‘g‘anni tanqid qilgan komik sud qilinadi

Turkiyada komik Deniz Ko‘ktosh prezidentni haqorat qilish va diniy qadriyatlarni ochiqchasiga haqorat qilishda ayblanib, sud…
12:50 / 28.09.2026
Andijonda yuk mashinasi svetoforda turgan 5 ta avtomobilni urib yubordi

Andijonda yuk mashinasi svetoforda turgan 5 ta avtomobilni urib yubordi

Andijon tumanida tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan beshta avtomobil bilan to‘q…
10:41 / 28.09.2026
Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026
26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Antisiklon kirib kelishi hisobiga respublika hududida nisbatan sovuq havo oqimi hukmronlik qiladi.
16:27 / 25.09.2026
Farg‘ona va Namanganda 2,6 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Farg‘ona va Namanganda 2,6 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 2 kg 643 gramm “gashish” moddasi ashyoviy dali…
10:27 / 28.09.2026
Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi 47 foizga oshadi

Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi 47 foizga oshadi

2026-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahrida avtobus va metroda elektron to‘lov orqali bir martalik yo‘l haqi 1 700 so‘mdan 2 500…
10:33 / 28.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!