Ijtimoiy tarmoqlarda “Piskent tumanida noma’lum shaxslar ov miltig‘ida itlarni otayotgani” aks etgan video xabar tarqalgan edi.
Voqea kuni kecha, Piskent tumanidagi dala hovlilar joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan, voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!