Tomonlar Jo Baydenning prezidentlik muddati tugamaguncha kelishuvga erisha olmaydi.
XAMAS doimiy ravishda otashkesimni talab qiladi, lekin Isroil bu taklifni qat’iyan rad etmoqda.
Benyamin Netanyaxuning aytishicha, G‘azodagi harbiy amaliyotlar har qanday kelishuv tuzilganidan keyin ham davom etadi. XAMAS, o‘z navbatida, doimiy o‘t ochishni to‘xtatish talablari o‘zgarmasligini ta’kidlagan.
Isroilning hujumlari natijasida deyarli 46 ming tinch aholi halok bo‘lgan, yana 110 ming kishi jarohat olgan.
Vayronagarchilik ko‘lami juda yuqori: markaziy G‘azodagi turar-joy binolarining 73,9 foizi, Dayr al-Balada 49,1 foizi, Xon-Yunusda 54,5 foizi va Rafahda 46,3 foizi vayron bo‘lgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, faqatgina vayronalarni tozalash uchun 1,2 milliard dollar kerak bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!