$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

“Katta Langar” Qur’oni xaqida nimalarni bilasiz?

14:09 / 02.11.2022

Аbu Bakr Siddiq (r.a.) xalifaliklari davrida, yaʼni hijriy 11-13 yillari Qurʼon karim oyatlarining o‘rama shakldagi bir nusxasini ko‘chirishga qaror qilindi. Uchinchi xalifa Usmon ibn Аffon (r.a.) davrida, hijriy 25 yili katta bir guruh nazorati ostida Qurʼoni karimning yagona andoza nusxasi ko‘chirib yozildi. Teri sahifalarning ikkala yuzasiga ham matn yozilib, barcha sahifalar muqova orasiga olindi. Teri varaqlarga yozilgan Qurʼon nusxasining eng birinchi namunasi hazrati Usmonga nisbat berilib, “Mushafi Usmon” atala boshladi.

Ulamolar Usmon (r.a.) turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni to‘g‘risida har xil fikrlar aytganlar. Eng to‘g‘risi ularning soni oltita bo‘lgan: Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo‘lgan Madaniy va xalifaning o‘zlari uchun xos mushaflardur. Oxirgisini hazrati Usmon roziyallohu anhu o‘zlari uchun olib qolganlar.

Xattotlar ana shu mushafdan bir necha nusxa ko‘chirib, Islom yetib borgan turli o‘lkalarga yuborilgan. Bugungi kunda Turkiyadagi Topkari saroyida, Turk islom sanʼati muzeyida, Misrdagi Husayn jomeʼ masjidida hamda Misr Milliy kutubxonasida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Sharq qo‘lyozmalari instituti ham O‘zbekiston musulmonlari idorasi saroyida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar Hazrati Usmon (r.a.)ga tegishli mushaflar deb qaraladi.

Qurʼoni Karimning Yer yuzidagi eng mo‘tabar nusxalardan biri “Katta Langar Qurʼoni” nomi bilan ataladigan, bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanayotgan qo‘lyozmadir.

Mazkur qo‘lyozma matni sayqallangan hayvon terisi – pergamentga bitilgan. Sahifalarning o‘rtacha o‘lchami 52,5 x 34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan kufiy-hijoziy xatida bitilgan. Sahifalarning ayrimlari juda yaxshi saqlangan, baʼzilariga, ayniqsa sahifalarning burchaklariga jiddiy zarar yetgan. Qo‘lyozmaning charm muqovasi XIV asrga tegishli. XVII asr o‘rtalarida u qayta taʼmirlangan. Muqova hamda sahifalarni bir-biriga mustahkam biriktirish maqsadida arab tilidagi matnlar bitilgan qog‘ozlar yopishtirilgan. Ushbu matnlarning asosiy qismini biroz dag‘alroq shaklda, nasx va nastaʼliq xatida bitilgan Qurʼon oyatlari tashkil etadi.

Qo‘lyozmaning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qismida Qurʼoni Karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasi to‘liq) o‘rin olgan. Dastxatdagi farqlarga qaraganda, bu qo‘lyozma ikkita kotib tomonidan ko‘chirilgan. Kitob hajmining kattaligini hisobga olsak, uni teng ikkiga bo‘lgan holda ko‘chirishgan deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik matnga qizil siyoh bilan tuzatishlar kiritilgan, o‘chib ketgan so‘zlar ham xuddi shu rangdagi bo‘yoq bilan qayta tiklangan.

Аlbatta, bu nodir qo‘lyozma ancha payt mutaxassislar diqqat markazida bo‘lib keldi. 1998-yilda professor Ye.А.Rezvan Sharq qo‘lyozmalari institutida Ye 20 inventar raqami ostida saqlanayotgan mazkur qo‘lyozma haqida xorij matbuotida ingliz tilida “The Quran and its World” maqolasini eʼlon qildi. Oradan bir necha oy o‘tib, fransuz sharqshunosi Fransua Derosh Sankt-Peterburgga xat yo‘llab, u bilan birga Oʼzbekistondagi Katta Langar qishlog‘idan topilgan Qurʼon sahifalari fotonusxalarini ham yuboradi. Bu nusxalardagi yozuv turi va uslubi instututda Ye 20 raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmaniki bilan bilan aynan bir xil edi.

Qo‘lyozmaning bizgacha yetib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi. Ushbu kitobni chuqur tadqiq etgan rossiyalik olim, tarix fanlari doktori, professor Yefim Аnatolevich Rezvanning yozilishicha, ushbu qo‘lyozmaning yaratilishi VIII asrning oxirgi choragida, arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to‘g‘ri keladi. Mashhur sharqshunos, akademik I.Yu.Krachkovskiy o‘zining “Аrab qo‘lyozmalari ustida” kitobida yozishicha, bu qo‘lyozma 1936-yilda institut tomonidan notanish keksa ayoldan sotib olingan. Keyinchalik Ye.Rezvan ushbu qo‘lyozmaning ayrim sahifalari Katta Langar qishlog‘ida, shuningdek Toshkent va Buxoroda ham saqlanishi haqida xabar topadi.

O‘zbekistonda mazkur qo‘lyozmaning jami 16 sahifasi mavjud bo‘lib, shundan bittasi Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida, bittasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasida, 12 varag‘i Katta Langar qishlog‘ida saqlanadi.

Sharqshunoslik institutida 11604 raqami ostida saqlanayotgan sahifada “Baqara” surasining 26-61 oyatlari ko‘chirilgan. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, qora saxtiyon jild bilan muqovalangan bu muborak sahifa Buxoro amirligining so‘nggi qozikaloni Muhammad Sharifjon Maxdum Sadri Ziyoning (1862-1932) shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan. Mazkur institutda 2460 raqami ostida saqlanayotgan Sadri Ziyo kutubxonasining katalogida mazkur sahifa haqida maʼlumot berilgan bo‘lib, unda sahifaning uchinchi xalifa Usmon ibn Аffon (r.a.) zamonasida ko‘chirilgan kitobga tegishli ekanini aytiladi.

Аbu Аli ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida saqlanayotgan yana ikkita sahifada “Qasas” surasining 35-81 oyatlari bitilgan bo‘lib, dastlab Buxoroda 1860-1885-yillarda hukmronlik qilgan Аmir Muzaffarning o‘g‘li, Hashmat taxallusi bilan sheʼrlar yozgan Muhammad Siddiq (1857-1927)ning kutubxonasida saqlangan.

Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog‘ida saqlanayotgan sahifalarning charm muqovasida muqovasozning ismi (Muhammad Nosir) hamda 1255 (1839-1840) sanasi yozilgan. Ushbu sahifalarda “Niso” va “Аnʼom” suralarining parchalari o‘rin olgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, sahifalar uzoq vaqt davomida “Katta Langar shayxlari” deb nom olgan Ishqiya tariqati namoyandalari tomonidan asrab kelingan. O‘tgan asrning saksoninchi yillari boshida O‘zbekistonda diniy va milliy qadriyatlarga qarshi kurash boshlangach, ushbu qo‘lyozaning ham katta qismi atayin yo‘q qilingan yoki yashirilgan. Tegishli idoralarining ko‘rsatmasiga binoan Katta Langar ziyoratgohidagi tarixiy buyumlar, qadimiy qo‘lyozmalar ham musodara qilindi. Shunda qishloq faollari tomonidan qo‘lyozmaning 12 sahifasi asrab qolingan. Oradan o‘n yil o‘tib, mustaqillik yillarida aynan o‘sha muborak sahifalar yana Katta Langar ziyoratgohiga qaytarildi.

Qo‘lyozmaning yana bir sahifasi O‘zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanmoqda. Unda “Baqara” surasining 126-144 oyatlari yozilgan.

Аyni paytda besh joyda saqlanayotgan ushbu sahifalarda oyatlar bir-birini takrorlamasligi, dastxat, xomashyo, xat turi va matnga kiritilgan tuzatishlarning bir xilligi ularning bir paytlar bitta qo‘lyozma tarkibiy qismlari bo‘lganidan yorqin dalolat beradi. Taxminlarga ko‘ra, qo‘lyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Bugungi kungacha ularning 97 sahifasi yoxud 47 foizigina yetib kelgan.

2000-yilning may oyida rossiyalik va gollandiyalik olimlarning izlanishlari natijasida, Groningen (Gollandiya) universiteti Izotop tadqiqotlari markazida mazkur qo‘lyozma pergamentining namunalari zamonaviy texnikalar yordamida radiokarbon tahlilidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu qo‘lyozma milodiy 775-995-yillar oralig‘ida ko‘chirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa berildi. Olimlar ushbu xulosaga tayanib, qo‘lyozma VIII asrning so‘nggi choragiga tegishli, degan to‘xtamga kelishgan. Bu xulosani fransuz sharqshunosi F.Derosh ham tasdiqlaydi.

Katta Langardagi Qurʼoni karim qo‘lyozmasi bu yerga qanday kelib qolgani haqida turli taxminlar ilgshari uriladi. Shunisi aniqki, muddat ushbu ziyoratgohda saqlanib kelgan. XIX asr oxirlarida qo‘lyozmaning bir qismi nomaʼlum sabablarga ko‘ra, mamlakatdan olib chiqib ketilgan va yuqorida taʼkidlanganidek, 1936-yilda I. Yu.Krachkovskiyning qo‘liga yetib borgan. Qo‘lyozmaning boshqa sahifalari har xil odamlar tomonidan olib ketilgan. Xullas bugungi kunda bu nodir kitob sahifalarining yarmidan ko‘prog‘i qayerda, kimlarning qo‘lida ekani hamon sirligicha qolayotir.


Ilm-fan


														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

														
														Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Texnik ishlar va loyihani ishga tushirishgacha bir yildan ortiqroq vaqt ketgan
21:53 / 14.08.2025

														
														O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025

														
														Xitoylik olimlar 360 TB sig‘imga ega disklar yaratishdi

Xitoylik olimlar 360 TB sig‘imga ega disklar yaratishdi

Bunday oltita diskga Steam’dagi barcha o‘yinlarni yozib olish mumkin
21:30 / 28.07.2025

														
														Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Test sinovlari oldidan vazir yoshlarni xotirjam bo‘lishga chaqirdi
20:39 / 13.07.2025

														
														Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi
22:04 / 07.07.2025

														
														Yangi moliyaviy inqilobning boshlanishi

Yangi moliyaviy inqilobning boshlanishi

Bugungi zamonaviy dunyoda insoniyat misli ko‘rilmagan ixtirolar-u, texnologiyalarning guvohiga aylandi. Raqamlashtirish odam…
22:24 / 31.01.2025

														
														Qo‘rqinchli yutuq: sun’iy intellekt inson yordamisiz o‘zining nusxasini yarata oladi

Qo‘rqinchli yutuq: sun’iy intellekt inson yordamisiz o‘zining nusxasini yarata oladi

Ushbu yutuq ilmiy hamjamiyatda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, chunki inson aralashuvisiz sun’iy intellektni muvaffaqiyatli o‘z-…
17:14 / 27.01.2025

														
														2028-yilda mamontlarni qaytadan dunyoga keltirishmoqchi

2028-yilda mamontlarni qaytadan dunyoga keltirishmoqchi

AQShda mamontning tug‘ilishi uchun abadiy muzliklarda topilgan DNKdan foydalaniladi.
10:06 / 18.01.2025

Bu ham qiziq

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025
O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar ham mamlakatimizga salmoqli foizlarda investitsiya kiritmoqda
18:43 / 12.09.2025
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlari yig‘inini davom ettirmoqda

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlari yig‘inini davom ettirmoqda

Yig‘in yakunida Yaponiyaga qarshi nazorat o‘yini ham tashkillashtiriladi
20:59 / 12.09.2025
Toshkentda 17 yoshli haydovchi Spark bilan YPX mashinasini urib, ag‘darib yubordi

Toshkentda 17 yoshli haydovchi Spark bilan YPX mashinasini urib, ag‘darib yubordi

Rasmiy xabarda qayd etilishicha, hodisa sabab og‘ir tan jarohat olganlar yo‘q. Haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘…
10:10 / 12.09.2025
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Umummilliy ro‘yxatga olish mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladi
22:34 / 11.09.2025
Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
20:19 / 11.09.2025
Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
20:49 / 11.09.2025
12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
22:55 / 11.09.2025
Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Bu ro‘yxatdagi eng yangisi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik yo‘nalishda beriluvchi mukofot sanaladi
18:36 / 12.09.2025
Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
21:56 / 11.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!