$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
16° Kechasi

Kecha Surxondaryoning bir nechta hududida sel-suv toshqini yuz berdi

09:59 / 22.03.2024

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida sel-suv toshqini yuz berdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnalisoy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan. Ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylar ichkarisiga kirgan.

Shuningdek, kuchli yomg‘ir suvlari Azlarsoydan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylarga suv kirgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida  “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va “Elobod” mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Tuman markazidagi “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yerto‘lasiga yig‘ilgan toshqin suvlari yong‘in-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.

Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 Olmaota—Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1535-1536 kilometr oralig‘ida transport vositalari va yo‘lovchilar xavfsiziligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi to‘liq tiklandi.

Ushbu hududda sodir bo‘lgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli UKga qarashli, Qumqo‘rg‘on–Elbayon peregoni PK 8-9 temir yo‘l ostidan o‘tgan suv quvuriga sig‘magani natijasid, temiryo‘lning taxminan 0,4 kilometr qismidan toshib o‘tib, shag‘al qoplamasini qisman yuvgan.

Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzuli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poyezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskvator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shag‘al temiryo‘lning zarar ko‘rgan uchastkasiga yotqizilib, ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22 mart kuni soat 07:00 da temir yo‘l harakati to‘liq tiklandi.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda “Elobod” mahallasi ichki ko‘chalari, yo‘llar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muxandislik texnikalari jalb qilingan.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

Aholi soni 37 millionga yetgan bo‘lib, shundan ayollar soni – 18,4 millionni, erkaklar soni – 18,6 millionni tashkil etadi.
10:48 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga n…
10:07 / 28.04.2024

														
														28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
22:37 / 27.04.2024

														
														3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024

														
														O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024

														
														YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024

														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

Bu ham qiziq

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024
Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Saylovoldi safari tufayli Bayden ham hozircha shaharda.
13:08 / 27.04.2024
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Malika Amira 1983-yilning 15-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan.
13:01 / 27.04.2024
O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024
AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

Jabrlanganlar to‘g‘risida esa ma’lumot kelib tushmagan.
14:02 / 27.04.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin

Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin

“Shuningdek, Netanyaxudan tashqari, mudofaa vaziri Yoav Gallant va SAXAL Bosh shtabi boshlig‘i, shuningdek, Isroil xavfsizli…
09:28 / 28.04.2024
O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024
3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
15:10 / 28.04.2024
Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
14:48 / 28.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!