$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib DXX belgilanmoqda

16:04 / 17.03.2022

Bugun, 17-mart kuni Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni muhokama qilindi. 

Qonun 8 ta bob va 40 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda Qonunning maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalar, kiberjinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashishning prinsiplari, yo‘nalishlari, usullari, mas’ul davlat organi va uning vakolatlari, kiberxavfsizlik hodisalari bo‘yicha choralar ko‘rish hamda xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutilmoqda.

Jumladan, qonunning maqsadi mamlakatda kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifalari kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi.

Qonunda kiberjinoyatchilik, kibertahdid, kiberxavfsizlik, kiberhimoya va kiberhujum kabi tushunchalar qo‘llanib, kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari va bu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanib, uning huquqlari va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Qonun davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni ta’minlash borasidagi huquq va majburiyatlarini nazarda tutadi.

Kiberxavfsizlik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari, ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi belgilab berilmoqda.

Qonunda kiberjinoyatchilik hodisalarini tekshirish, choralar ko‘rish, sodir bo‘lgan hodisalar to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar mustahkamlab qo‘yilmoqda:

- qonunning qabul qilinishi, birinchidan, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi;

- ikkinchidan, kiberxavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish, huquqiy, tashkiliy, ilmiy-texnik va me’yoriy uslubiy ta’minot tizimini takomillashtirishga, axborot tizimlari va resurslarining yaxlitligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shadi;

- uchinchidan, ruxsatsiz harakatlar, axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, buzish, nusxalash, bloklash va mamlakatning axborot tizimlari va tarmoqlariga noqonuniy aralashishning boshqa shakllarining oldini olishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.


Bu ham qiziq

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!