Kollagen haqida qachon tashvishlanishingiz kerak?
Kollagen inson va hayvonlarning teri hamda biriktiruvchi to‘qimalarida joylashgan asosiy tarkibiy oqsil bo‘lib, inson tanasidagi oqsilning taxminan 30 foizini tashkil qiladi. Kollagenning asosiy vazifasi terini sog‘lom saqlash hamda yaralar va chandiqlarni to‘g‘ri davolashga yordam berishdir. Kollagen tanada aminokislotalarga bo‘linadi, keyinchalik u hujayra qurilishi va yangilanishi uchun ishlatiladi.
Kollagen 19 ta aminokislotadan iborat (masalan, glitsin, prolin, gidroksiprolin, lizin va arginin). Kollagenning kamida 29 turi bor. Odamlarda asosan I-III turlar mavjud:
Kollagen diyetasi juda ko‘p shakar va qayta ishlangan uglevodlardan voz kechish va kollagenga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni o‘z ichiga oladigan ovqatlanish rejasidir. Kollagen darajasi yosh bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, ko‘proq kollagenli mahsulotlarni iste’mol qilish yoshlik, quvvat va go‘zallikni saqlashga yordam beradi.
Tanadagi kollagen ishlab chiqarish yosh o‘tgani sayin kamayib boradi. Bu sodir bo‘lganda, terining elastikligi va epidermis qalinligida pasayish kuzatiladi. Bu terining shikastlanishi, ajinlarning ko‘payishi va terining osilib qolishiga olib keladi. Kam kollagen soch o‘sishini kamaytirishi va sochlarning ingichkalashishiga ham hissa qo‘shishi mumkin. Kollagenning kamayishi tog‘ay hamda paylarning qattiqroq va kamroq moslashuvchanligi, mushaklarning qisqarishi va zaiflashishiga, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, osteoartrit hamda oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin.
Kollagen haqida qachon tashvishlanish kerak?
Tanangizdagi kollagen ishlab chiqarish qarish bilan kamayadi. Yosh ulg‘aygan sari kollagen darajasi pasaya boshlaydi va noto‘g‘ri ovqatlanish, turmush tarzi, genetika va quyoshning haddan tashqari teriga ta’siri kabi boshqa omillar tufayli tezlashishi mumkin.
Bundan tashqari, har yili 30 yoshdan keyin tanangiz nafaqat kollagenni, balki yuqori sifatli kollagen ishlab chiqarish qobiliyatini ham yo‘qotadi. Shunday qilib, endi tanangizdagi kollagen zich tashkil etilgan tolalar tarmog‘idan tarqoq labirintga o‘tadi. Atrof-muhit ta’siri kollagen tolalariga zarar yetkazishi mumkin, ya’ni ularning qalinligi va kuchini kamaytiradi, bu esa teri yuzasida ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Kollagen suyaklaringizni o‘rab turgan va ularni yuqori ta’sirli harakatlar zarbasidan himoya qiladigan tog‘ayning 60 foizini tashkil qiladi. Kollagen yetishmovchiligi to‘gayga zarar yetishiga va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin.
Tana kollagen ishlab chiqarish uchun aminokislotalarni va oziq-ovqatdan olgan ozuqa moddalarini birlashtiradi. Shunday qilib, agar tanangizda kerakli elementlar bo‘lmasa, u yetarli darajada kollagen ishlab chiqara olmaydi. Bundan tashqari, yoshga ko‘ra, tanangiz ozuqa moddalarini avvalgidek samarali ravishda o‘zlashtirmasligi va sintez qilmasligi mumkin.
Kollagen yetishmovchiligining asosiy sabablari noto‘g‘ri ovqatlanish, turmush tarzi va qarishdir. Qarish hayotning tabiiy jarayoni bo‘lsa-da, siz kollagen iste’mol qilishni nazorat qilishingiz mumkin. Kollagen darajasini oshirishning ikki yo‘li mavjud. Birinchidan, diyetani yaxshilash orqali bo‘lsa, ikkinchidan, parhez qo‘shimchalari.
Agar siz kollagen iste’mol qilishni ko‘paytirsangiz, u oziq-ovqat yoki qo‘shimchalar orqali protein bo‘g‘imlaringiz orasidagi tog‘ayga to‘planadi. Bundan ham qiziqroq va foydali tomoni shundaki, kollagenni qabul qilish tanangizni tabiiy ravishda ko‘proq kollagen hosil qilish uchun rag‘batlantirishi mumkin. Natijada sizda yaxshi harakatchanlik va moslashuvchanlik, kamroq og‘riq va yallig‘lanish bo‘lishi mumkin.
Ammo shuni yodda tutingki, kollagenni iste’mol qilish shikastlangan to‘gay yoki bo‘g‘imlarni sehrli tarzda tiklay olmaydi, boshqatdan o‘stira olmaydi yoki hatto qarish tufayli uning tabiiy yo‘q bo‘lishini qaytara olmaydi. Bu faqat tanangizda yangi kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi mumkin, xolos.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!