$
12973.31 UZS
12.93
151.19 UZS
-0.73
14329.02 UZS
176.29
26° Kechasi 15°

Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi

10:10 / 26.09.2024

Joriy yilning 24-sentyabrida Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani tashkil qilindi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha o‘tgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan jami 370 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 40 mingdan ortiq televideniye, radio, gazeta va jurnallarda chiqishlar qilindi, 92 mingga yaqin ma’lumotlar veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali, 223 mingdan ortiq seminar va manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi hamda 15 mingga yaqin ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari aholiga tarqatildi. Huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirildi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yo‘lga qo‘yildi.

Yagona axborot tizimi orqali barcha davlat organlari va tashkilotlariga 288 ta normativ-huquqiy hujjat matnlari hamda 9 455 ta mahallalarga 124 ta qonunchilik hujjatlari va ular bo‘yicha huquqiy targ‘ibot materiallari to‘plami yetkazib berildi.

Mahallalarda 8 029 marotaba “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘tkazilib, 218 953 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi, 224 721 ta huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi.

“Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida 13 549 marotaba yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

“Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida 230 ta maktablar, litseylar va texnikumlarda seminar-treninglar o‘tkazildi.

Aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan 5 ta huquqiy aksiyalar o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-sentyabrida “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori qabul qilindi

Mazkur qaror bilan 95 ta banddan iborat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dastur tasdiqlandi

shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish; aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Dastur ijrosi doirasida kelgusida quyidagi bir qator katta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

– o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi o‘tkaziladi;

– maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlarini joriy etiladi;

– maktablarda zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan "Huquq sinflari" bosqichma-bosqich tashkil etiladi;

– davlat xizmatchilari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi;

– chekka va olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” qo‘llanmasi bepul tarqatiladi; – an’anaviy umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi;

– aholining barcha qatlamlari uchun mo‘ljallangan, kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi;

– “Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sun’iy intellekt tizimini joriy etish choralari ko‘riladi;

– “Davlat va huquq asoslari” fanidan elektron resurslar, jumladan, elektron darsliklar, o‘quv-metodik majmualar, videodarslarni tayyorlash va ulardan masofaviy ta’lim jarayonida samarali foydalanishni yo‘lga quyiladi.

 

 

 

 


O‘zbekiston


														
														2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘s…
11:13 / 10.04.2025

														
														Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘nalishni oldindan rejalashtirishingizni tavsiya etamiz”, – deya xabar berdi poytaxt…
10:06 / 10.04.2025

														
														Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

10-aprel kuni soat 07:30 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida, T…
09:37 / 10.04.2025

														
														Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xona…
09:10 / 10.04.2025

														
														10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:45 / 09.04.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Ayni paytda Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri tashkil etilm…
22:08 / 09.04.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taq…
21:11 / 09.04.2025

														
														Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda, mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. B…
20:20 / 09.04.2025

														
														Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
19:26 / 09.04.2025

														
														Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar…
18:36 / 09.04.2025

Bu ham qiziq

Indoneziya jabr ko‘rgan G‘azo aholisini boshpana bilan ta’minlashga tayyor

Indoneziya jabr ko‘rgan G‘azo aholisini boshpana bilan ta’minlashga tayyor

Indoneziya G‘azodagi urushdan jabr ko‘rgan falastinliklarga vaqtincha boshpana berishga tayyor
11:42 / 09.04.2025
Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taq…
21:11 / 09.04.2025
O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar belgilandi

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar belgilandi

1-maydan aholi iste’molchilari 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt·soat uchun…
08:22 / 09.04.2025
YeChL. “Real”dan yirik mag‘lubiyat, “Inter” safarda g‘alaba qozondi

YeChL. “Real”dan yirik mag‘lubiyat, “Inter” safarda g‘alaba qozondi

UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda “Real Madrid” Londonda “Arsenal…
09:08 / 09.04.2025
Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida hokim o‘rinbosarlari “hayfsan” oldi

Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida hokim o‘rinbosarlari “hayfsan” oldi

O‘tgan hafta sohadagi muammolar tanqidiy muhokama qilinib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yic…
17:53 / 09.04.2025
Endilikda ajrim vaqtida zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabi bilan sud yarashish uchun muhlat tayinlamaydi

Endilikda ajrim vaqtida zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabi bilan sud yarashish uchun muhlat tayinlamaydi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
17:06 / 09.04.2025
Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 9-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib beris…
09:47 / 09.04.2025
Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda, mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. B…
20:20 / 09.04.2025
Klub tomi qulashi oqibatida 89 kishi halok bo‘ldi

Klub tomi qulashi oqibatida 89 kishi halok bo‘ldi

Qutqaruv xizmati direktorining aytishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
10:17 / 09.04.2025
Tramp joriy qilgan bojlar iPhone savdosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi

Tramp joriy qilgan bojlar iPhone savdosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi

Donald Tramp ma’muriyati tomonidan yangi bojlar joriy etilishi Apple aksiyalarining tushishiga va bir vaqtning o‘zida iPhone…
10:28 / 09.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!