Qoraqalpog‘istonda umumiy hisobda 31 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan qoidabuzarga xatlangan avtotransport vositasi tegishli tartibda baholatilgan va kelgusida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat byudjetiga o‘tkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shundan so‘ng, qoidabuzar o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan jami 17,9 mln so‘mlik 31 ta ma’muriy jarimalarning barchasini shu kunning o‘zida to‘lagan va uning avtotransport vositasi egasiga qaytarib berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!