Britaniyalik bokschi, ogʻir vaznda WBC yoʻnalishi chempioni Tayson Fyuri WBA Super, WBO, IBF va IBO yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua oʻrtasidagi revansh jangi gʻolibiga qarshi jang qilishi mumkin.
Tayson hozirda tegishli muzokaralarni olib bormoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, jang Saudiya Arabistonida dekabr oyida, jahon chempionati finalidan biroz oldin boʻlib oʻtishi mumkin.
Eslatib oʻtish mumkin, Fyuri hamyurti Dillian Ueyt bilan dueldan soʻng darhol faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi. Jang oltinchi raundda Taysonning nokaut evaziga erishilgan gʻalabasi bilan yakunlandi.
Maʼlumot uchun, Fyuri professional faoliyatidagi 33 ta jangda 32 marotaba gʻalaba qayd etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!