$
12233.67 UZS
48.56
154.84 UZS
2.26
14233.88 UZS
152.77
31° Kechasi 18°

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ma’qullandi

12:06 / 26.10.2022

Kecha, 25-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan “manafaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilib, ushbu vaziyat kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

Shuningdek, davlat tashkilotida aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarini hisobga olish reyestri yuritilishi, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun huquqiy oqibatlar nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning huquqiy oqibatlarini aniq belgilashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborilgan.


Bu ham qiziq

Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga ye…
10:32 / 15.10.2025
Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Chimkentlik erkak 26 ta ruchka yutib yubordi

Jarayon qariyb ikki soat davom etgan, bemor esa hozirda shifokorlar nazoratida.
19:57 / 15.10.2025
Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Surxondaryoda ayollarni paxta terimiga majburan chiqarish holati tasdiqlandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryo paxta rejasini birinchi bo‘lib bajargan viloyat bo‘lgani edi.
15:08 / 14.10.2025
Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Sobiq deputat Olimjon Sulaymonovga jinoyat ishi ochildi

Hozirda mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
08:32 / 15.10.2025
Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 12-oktyabr kuni Kanada bosh vaziri Mark Karnining lavozimini chalkashtirib, uni “prezident” deb…
12:36 / 14.10.2025
Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘mlik …
11:10 / 15.10.2025
Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025
15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:28 / 14.10.2025
Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti vizasiz kirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soniga asoslangan reytingda 82-o‘rinni egalladi. Bu haqda “He…
14:42 / 15.10.2025
O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

Bu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov ham o‘rin egalladi.
15:52 / 15.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!