AQSh prezidenti Donald Tramp 12-oktyabr kuni Kanada bosh vaziri Mark Karnining lavozimini chalkashtirib, uni “prezident” deb atadi. Voqea Sharm ash-Shayxdagi “tinchlik sammiti”da sodir bo‘ldi.
Tramp deklaratsiyalar imzolanganidan so‘ng, sammitda so‘zga chiqdi. Qo‘shma Shtatlar rahbari uchrashuvda hozir bo‘lgan barcha davlat rahbarlariga alohida minnatdorlik bildirdi. Biroq Karnini rahbarlar orasidan topa olmay, Tramp bir lahza dovdirab qoldi.
Kanada bosh vaziri haqida gapirayotib, Tramp xatoga yo‘l qo‘yib, uni “prezident” deb atadi. Shundan so‘ng Karni AQSh prezidentiga yaqinlashib, hazil ohangida: “Meni prezidentlikka ko‘targaningiz uchun rahmat”, – dedi.
Bunga javoban Tramp: “Yaxshiyamki, men “gubernator” demadim”, – deya javob qaytardi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!