$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

12:54 / 16.03.2023

Oʻzbekiston Markaziy bank boshqaruvi 16-martdagi yigʻilishda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.
 
Qayd etilishicha, iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi oʻzining yuqori nuqtasiga chiqib, pasayish tendensiyasiga oʻtganligi kuzatila boshladi. Ayni paytda qatʼiy tashqi moliyaviy sharoitlarning ichki iqtisodiy faollikka salbiy taʼsiri boʻyicha signallar paydo boʻlmoqda.
 

"Asosiy stavkaning 1 foiz bandga pasaytirilishi oʻtgan yil mart oyida xatarlar uchun foiz stavkaning oshirish orqali qoʻyilgan qoʻshimcha yuklamani toʻliq olib tashlash imkonini beradi", - deyilgan bank xabarida.

Bunda yillik 14 foiz darajasidagi asosiy stavka inflyatsiya prognozining pasayuvchi dinamikasida (8,5-9,5 foiz) nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlar saqlanib qolinishini taʼminlaydi.
 
MB maʼlumotlarida keltirilishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida yillik inflyatsiya koʻrsatkichi 12,2 foizgacha biroz pasaydi va kelgusi chorakda sezilarli pasayishi boʻyicha ishonch ortib bormoqda. Kuzatuvlarga koʻra, isteʼmol bozorlarida mart oyining dastlabki ikki haftasida asosiy oziq-ovqat narxlari nisbatan muvozanatlashib, yanvar oyidagi oʻsishdan keyin pasayish dinamikaga oʻtganligi kuzatilmoqda.
 
Mavsumiy va maʼmuriy taʼsirga ega boʻlgan ayrim tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻzgarishini inobatga olmasdan hisoblangan bazaviy inflyatsiya koʻrsatkichi oʻtgan yilning ikkinchi choragidan boshlangan oʻsib borish trendi joriy yil boshidan pasayish tendensiyasiga oʻzgarib, dekabrdagi 13,8 foizdan yanvarda 13,3 foizgacha va fevralda 13,2 foizgacha sekinlashdi.
 
Fevraldagi soʻrov natijalariga koʻra, kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalarning yanvar natijalariga nisbatan sezilarli darajada pasayganligini kuzatildi, bu esa bazaviy inflyatsiya dinamikasi bilan birgalikda, kelgusi oylarda narxlarning barqarorlashishi uchun sharoitlarni yaratadi.
 
Tashqi iqtisodiy sharoitlarda maʼlum darajadagi xatarlar va noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Fevral oyida global inflyatsiya, asosan, energetika va oziq-ovqat sektoridagi narxlarning pasayishi taʼsirida sekinlashishda davom etdi.
 
Yetakchi markaziy banklarning inflyatsiyani pasaytirish boʻyicha qatʼiy pozitsiyalari bilan bir qatorda, xalqaro bank sohasida kuzatilayotgan vaziyatlar fonida xavfsiz aktivlarga boʻlgan talabning oshishi, moliya va xomashyo bozorlaridagi tebranuvchanlikni oshirmoqda.
 
Xalqaro moliya bozorlaridagi qatʼiy sharoitlar va ayrim savdo hamkorlardagi valyuta kurslarining qadrsizlanishi, bir tomondan, ichki iqtisodiy faollikni qoʻllab quvvatlashda tashqi resurslarni qayta jalb qilishni qiyinlashtirayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, valyuta oqimlaridagi nomutanosibliklarni kengaytirib bormoqda.
 
Jahon oziq-ovqat bozorlarida shakllanayotgan narxlar va kutilmalar, mamlakatimizga import qilinadigan tovarlar boʻyicha qulay sharoitlar yuzaga kelishiga asoslarni yaratmoqda. Bu, oʻz navbatida, oziq-ovqat guruhlarida import inflyatsiyasining oshiruvchi taʼsirlarini jilovlovchi omil boʻlib xizmat qiladi.
 
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida ichki iqtisodiy sharoitlarda qisqa muddatli xatarlar taʼsiri qisman namoyon boʻldi. Yanvar oyi yakuni boʻyicha chakana savdo, sanoat ishlab chiqarish va qurilish ishlari oʻsish surʼatlarida sekinlashish kuzatildi.
 
Xizmat koʻrsatish sohasidagi oʻsish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgani bilan, ushbu sohadagi oʻsish surʼatlari boshqa sohalardan yuqori boʻlmoqda. Xatarlarning vaqtinchalik xususiyati va oʻz vaqtida koʻrilgan choralarni hisobga olganda, birinchi yarim yillik yakuniga borib iqtisodiy faollikning muvozanatlashuvi va tarmoq koʻrsatkichlarining tiklanishi kutilmoqda.
 
Joriy yilning dastlabki oylarida monetar sharoitlar indeksi real samarali almashuv kursi va real foiz stavkalar dinamikasi hisobiga nisbatan qatʼiy fazada shakllandi.
 
Ijobiy real foiz stavkalarining shakllanishi milliy valyutadagi muddatli depozitlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuqori oʻsishiga xizmat qilmoqda. Joriy yilda milliy valyutada ajratilgan kreditlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan tezlashishi iqtisodiy faollik koʻrsatkichlarining tiklanishiga ijobiy turtki sifatida baholanmoqda.
 
Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining iqtisodiyotdagi yalpi talab, narxlar va inflyasion kutilmalarga taʼsirini baholashda davom etishini qoʻshimcha qilgan.
 
Kelgusi harakatlar inflyatsiya darajasi prognoz koridori doirasida shakllanishiga, oʻrta muddatli maqsadli koʻrsatkichga erishishga hamda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratiladi. 
 
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023-yil 27-aprelga belgilangan.

Bu ham qiziq

"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

"Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot soʻrayaptilar" - Saida Mirziyoyeva

Toshkent shahridagi havo holati masalasi bo‘yicha Maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
21:01 / 02.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:33 / 04.12.2025
Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Tergov hujjatlariga ko‘ra, ushbu ayol yuqori maosh va’dasi bilan qizlarni aldab Turkiyaga olib borgan, u yerda esa ularning …
17:58 / 02.12.2025
Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda 17 kg narkotik sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

IIV xabariga ko‘ra, Dastlab, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt avtomobilini ko‘zdan kechirish natijasida tra…
09:17 / 04.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar O‘zbekiston fuqa…
14:31 / 03.12.2025
5-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

5-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmay…
16:59 / 04.12.2025
2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p Hindistondan talabalar kelgan

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari nomi ma’lum qilindi.
12:21 / 04.12.2025
Kriptopuldan tortib po‘kakg‘ishtgacha…

Kriptopuldan tortib po‘kakg‘ishtgacha…

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobillarini jam…
09:55 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda 3 kishi vafot etdi – SSV

Gulistondagi portlashda 3 kishi vafot etdi – SSV

Xabarga ko‘ra, vazirlik har bir bemor salomatligini nazoratiga olgan.
13:13 / 03.12.2025
Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘i bilan, Gulistondagi portlash bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
18:00 / 03.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!