Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi qimmatbaho metall savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro tog‘asi 1988-yilda tug‘ilgan shaxsning ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tib, Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekistonga hududiga taxminiy summasi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gr miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor ma’lumot olingan.
Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinadi.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!