Marsda kislorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Yevropaliklar va amerikalik fizik olimlardan tashkil topgan jamoa Mars atmosferasida ko‘proq miqdorda mavjud bo‘lgan karbonat angidrid molekulalaridan kislorod ajratib olish imkonini beruvchi plazma qurilmasini ishlab chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Biz yuqori energiyali elektronlarning CO2 molekulalari bilan to‘qnashuvi ushbu moddaning parchalanishiga yoki issiqlik chiqishiga olib keladi deb taxmin qilgan edik. Bu energiya karbonat angidridni parchalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Fransiya va Gollandiyadagi hamkasblarimiz bilan birgalikda biz bu farazlarni eksperimental tarzda tasdiqlay oldik”, — deydi Lissabon universiteti dotsenti
Shuningdek ilmiy jamoatchilik Mars tuprog‘idan ham kislorod ajratib oladigan tizimlarni ishlab chiqmoqda. Olimlarning tajribalari kelajakda Marsda kislorod ishlab chiqarish uchun energiya va resurslarning narxini sezilarli darajada kamaytiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!