“El Siglo de Torreon” nashri xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida besh nafar erkak, bir ayol va voyaga yetmagan bola bor.
Aniqlanishicha, ular avtobusda Meksikaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Quyi shimoliy Kaliforniya shtatiga ketayotgan paytida, Gomes-Palasio shahrida to‘xtash vaqtida hujumga uchragan.
O‘zbekistonliklar Meksikaning Gomes-Palasio shahrida joylashgan uylardan birida saqlangan.
Jinoyatchilar o‘zbekistonliklardan 1200 dollar talab qilishgan, fuqarolarda esa pul bo‘lmagan. Shu bois noma’lum shaxslar jabrlanuvchilarni shaxsiy uyga olib kelib, pul talab qilgan.
Tarjimon orqali ular Mexiko shahridan avtobusda Past Kaliforniyaga va u yerdan Qo‘shma Shtatlar bilan chegaraga, Gomes Palasioda to‘xtab, ushbu fermada vaqtinchalik boshpana topishganini aytishgan.
Huquq-tartibot idoralari o‘zbekistonliklarni ozod etib, himoya va yordam ko‘rsatish uchun milliy migratsiya institutiga yuborgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!