Afsonaviy aktrisa Merilin Monroning rassom Endi Uorxol tomonidan chizilgan surati “Christieʼs” kimoshdi savdo uyi tomonidan $195 million AQSh dollariga sotildi.
Rassom tomonidan 1964-yilda chizilgan surat “Shot Sage Blue Marilyn” deb nomlanadi. Uorxol oʻz asarida Merilin Monroni tabassum qilib turgan holatda aks ettirgan. Taʼkidlash kerakki, aynan Uorxol aktrisani pop-art timsoliga aylantirgan.
Mashhur portretni auksionda art-diler Larri Gagosyan qoʻlga kiritdi. U 4 daqiqa ichida savdo zalidagi barcha raqiblaridan oʻzib ketgan va tasviriy sanʼat asarining yangi sohibiga aylangan.
Maʼlumot uchun, Uorxol Merilin Monroning beshta portretini chizgan. Ularning har biri oʻzgacha fonga ega.
Shu tariqa portret XX asrning auksionda sotilgan va amerikalik rassomlar tomonidan chizilgan eng qimmat sanʼat asariga aylandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!