$
11985.10 UZS
12.75
148.86 UZS
1.34
13923.09 UZS
71.08
31° Kechasi 18°

Milliarderlarning hayratlanarli xobbilari

11:21 / 30.03.2023

Katta miqdordagi pul insonning xayolida nimalar bor ekanligini bilish olish uchun ajoyib vositadir. Bugun sizga taqdim qilmoqchi bo‘lgan reytingimiz orqali dunyodagi eng boy odamlarning sodir etgan eng antiqa va g‘alati ishlari haqida bilib olasiz.

Joseline Vindelshteyn

Fikrimizcha, orangizda ko‘pchilik bu ayol haqida eshitgan bo‘lsa kerak, ammo u hamon atrofdagilarni hayratga solishda davom etib keladi. Shveytsariyalik Joseline Vindelshteyn
o‘z boyligini yo‘lbars ovlashni xush ko‘rgan eri Alik Vindelshteyn bilan ajrashgach, qo‘lga kiritgan.

Ayol erining xiyonatlariga ortiq bardosh bera olmasligi sabab ajrashishga qaror qildi, tushkunlikka tushgach esa o‘zini plastik jarrohliklar bilan ovuta boshladi.

“Agar ulkan yovvoyi yo‘lbarsga o‘xshay boshlasam, erimning mehrini qaytarib olaman” deya xayol qilgan edi u.

Ammo bu borada unga plastik jarrohlik yordam bera olmadi. Eri uni 2,5 milliard dollar bilan birga tashlab ketdi. Ayolning tashqi ko‘rinishi unga mashhurlik olib keldi, Joselinni plastik jarrohlik qurbonlaridan biri sifatida taniy boshladilar. Ayol 4 million dollar sarf qilgancha jarrohlik stolida 7 marta bo‘lishga ulgurdi. Keyinroq esa Nyu-Yorkka kelib o‘rnashdi.
Vindelshteyn uzoq yillardan beri bu yerda dizayner Kloyd Kleyn bilan birga istiqomat qiladi. Yoshlar orasidagi 22 yillik farq, ayolning tashqi ko‘rinishidagi noodatiylik va jarrohliklar sabab bo‘shab qolgan hisob raqamlari dizayner uchun mutlaqo qiziq emas. Balki mana shu ayolning haqiqiy muhabbatidir?

Robert Klark Grem

Insoniyat hamisha tarixni o‘zgartirish uchun harakat qiluvchi odamlar bilan to‘qnash kelgan va keladi ham.
Ayrim odamlar yangi imperiyalarga asos solgan bo‘lsa, ayrimlari devona nomi bilan o‘zlarining yashash joylaridan uzoqlarga ketishadi. Shu kabi odamlardan biri mashhur optik Robert Klark Gremdir. Bu inson ko‘zoynaklar uchun mo‘ljallangan sinmaydigan linzalar ixtirochisi sanaladi.
Ushbu ixtiro unga ko‘p millionlik boylik olib keldi. Barchasi ajoyib tarzda kechayotgandi, ana shu paytlarda erkak Nobel laureatlaridan biri German Millerning ilmiy ishlarini o‘qib qoldi. Shu tariqa uning hayotdagi asosiy maqsadi linzalar emasligi, balki insoniyat genofondini yaxshilash ekanligini tushunib yetdi. Millionner 1979 yilda Kaliforniyada embrionlar repozitoriysini ochdi. Urug‘ donorlari uchun nomzod sifatida Nobel laureatlarini taklif qildi.
Ammo shu yerda kichik kamchilik kelib chiqdi. Aniqlanishicha, katta yoshdagi laureatlarning yuqori darajadagi intellektual salohiyati homilaga ham aynan ushbu funktsiyalarning berilishni ta’minlay olmasdi. Tajribaga bosh qo‘shgan nomzodlar soni esa uchtagina bo‘ldi, xolos. Oqibatda olimni Shnobel mukofoti bilan taqdirladilar.

Jeff Bezos

Sayyoramizning eng badavlat odami, “Amazon” va “Blue origin” kompaniyalari asoschisi, namunali tadbirkor Jeff Bezosning kim ekanligini juda yaxshi bilasiz, albatta. Ammo uning ayrim ishlari, megaloyihalari ko‘pchilikka ma’lum emas. Agar qattiq qoya ustida diametri 150 metrli siferblatga ega va 10 000 yillik vaqtga mo‘ljallangan ulkan soat qurilayotganini bilsangiz qanday xayol qilardingiz?

Bu o‘rinda muallifga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolardingiz, to‘g‘rimi? Biroq Bezos ushbu loyiha uchun 42 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritib bo‘lgan. Bir qarashda juda g‘alati bo‘lgan g‘oya keyinroq sizni lol qilishi mumkin. Jeffning ulkan soati insoniyatning strategik ongi va kelajak uchun ma’sul ekanligini yodga solib turadigan timsol bo‘lishi kutilmoqda.

“Hech bo‘lmaganda, uni 4 mingyillikda ko‘rgan insonlar bir birlaridan bu soatni qaysi ahmoq yasattirgan ekan deb so‘raydilar” deya hazil qilgandi Bezos.

Datta Fuge

Og‘irligi 3,5 kg keladigan, 14 mingta oltin bo‘laklari va tugmalar bilan bezatilgan, “Swarovski” kristallari bilan to‘la ushbu ko‘ylak sariq metall ishqibozi, multimillioner Datta Fuge uchun 240 ming dollar evaziga tayyorlab berilgan edi.

U libosni 2012-yilda buyurtma qilgan bo‘lsa, atigi 4 yil davomida kiya oldi, xolos. Qimmatbaho libos erkak uchun tumor vazifasini o‘tay olmadi. 2016-yilning 14 iyul kuni do‘stining tug‘ilgan kunida, o‘g‘lining ko‘z o‘ngida tosh bilan urib o‘ldirildi.

Millioner bu yerga o‘zining oltin libosini kiyib, ammo odatiy qo‘riqchilarisiz holatda borgan. Bu kabi holatga esa iqtisodiy mavzudagi bahs sabab bo‘lgani aytiladi.


Mukesh Ambani

Hindistonning eng boy odami, multimilliarder Mukesh Ambani o‘z qo‘llarining osmonga qadar yetishini juda istardi. “Biznesdagi eng muhim narsa o‘zingga ishonish va buni reallikka aylanita olish” deydi u.
27 qavatli, Mumbayning qoq markazida joylashgan 170 mertli binoga qaraydigan bo‘lsak, ushbu reallikning Mukesh uchun oltin libos va uning egasi tasavvuridagi tushunchalardan ming marta kuchliroq narsa ekanligini tushunib olasiz.

Mukesh bu yerda onasi, rafiqasi, 3 nafar farzandi bilan istiqomat qiladi. Uyning narxi 2 milliard dollarga teng bo‘lib, ichida 168 ta mashina turar joyi, 50 kishilik kinoteatr, spa-salon, basseynlar, osma bog‘lar, qor bilan to‘ldirilgan xona, ikki qavatli favqulodda holatlar xonasi, 3 ta vertolyot maydoni va parvozlarni boshqarish markazi joylashgan. Qiziq, oila a’zolari bu uy ichida bir-birlarini topa olarmikinlar?


Klayv Palmer

Avstraliyalik siyosatchi, multimillioner Klayv Palmerning boyligi 2012-yil holatiga ko‘ra 600 million dollarga baholangan. U o‘z ismini "Titanik 2" kemasi bilan bog‘lashni niyat qilgan edi. Bu Britaniyaning "Titanik" transatlantik layneriga o‘xshaydigan, faqat zamonaviylashgan ko‘rinishdagi kema bo‘ladi. Uning uzunligi 270 metrga teng, Palmerning rejasiga ko‘ra, mazkur kema unga tegishli “Blue star line” kruiz kompaniyasi flagmaniga aylanishi kutilmoqda.

Qiziq, Leonardo di Kaprio bu safar ham kema uchun chipta olishni uddalarmikin? Kemani sinovdan o‘tkazish fikri 2013-yili ma’lum qilingan paytda 40 ming nafar inson unga chiqish uchun istak bildirgan va buning uchun millionlab dollar pul to‘lashga tayyor ekanligini aytgan edi.

Ma’lum qilingan faktlar orasida esa kemaning har bir yo‘lovchisiga o‘tgan asrning boshlariga tegishli liboslar berilishi ham aytib o‘tilgan. Aytganday, bu yerda qutqaruv qayiqlari juda ham ko‘p.

Shayx Hamad

Bolalikda kichik qog‘oz kemalar yasab, ismingizni qum ustiga yozgan paytlarni eslaysizmi? Abu Dabining eng boy insonlaridan biri, hukmron oila a’zosi 63 yoshli shayx Hamad al Nahayyan ham o‘z ismini qum ustiga yozishni juda yaxshi ko‘radi. Albatta, badavlat shayxning qum ustiga surat chizishini tasavvur qilish juda qiyin. Lekin 3 oylik vaqt va bir necha million dollar miqdoridagi pul evaziga buni osongina amalga oshirish mumkin. Endilikda Hamad imzosini Alfa Tayseye orolining yuqori qismidan “Google” xaritalari orqali ko‘rish mumkin. Har bir harfning balandligi 1000 metrga teng bo‘lib, yozuv uzunligi 3 kilometrga qadar cho‘zilgan. Jo‘shqin okean suvlari san’at asarini yuvib ketmasligi uchun esa unga suvni singdirib beradigan maxsus drenaj handaqlar ilova qilingan.

Xassan al Bolkiax

Bruney sultoni, sayyoramizning eng boy odamldaridan biri bo‘lmish Xassanal Bolkiax sulolaning 29 vakili hisoblanadi. 2010-yil ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi miqdori 20 milliard dollarga teng.

Amerika josuslik xizmati vakillarining aytishlaricha, sultonning 220 million dollarlik shaxsiy samolyoti ichiga kirish yadroviy qurol tizimini ishga tushiradigan xona ichiga kirishdan ham qiyinroq.
Sulton davlat ishlari, ko‘p sonli xotinlari, reyslar va parvozlardan bo‘sh bo‘lgan paytida kattaligi bir necha kvadrat kilometrga teng keladigan garaji ichiga ham kirib turadi.

Bu yerda 5000 ta mashina joylashgan bo‘lib, ichida tilla bilan qoplangan “Rolls-royce”, hukumat kortejlari, “Formula-1”ning chempionlik bolidlari, yuzlab “Porsche”, “Ferrari”, “Bentley” rusumidagi mashinalar bor. Halqaro avtobozor sulton uchun qiziqarliroq taklif bera olmagan paytda u garajdagi bo‘sh joylarni bir hil modeldagi, ammo turli rang va turli raqamlar bilan sifatlanuvchi mashinalarga to‘ldiradi.

Sulton ushbu mashinalarni o‘z vazifasi uchun ishlatib chiqishga ulgurmasligini yaxshi biladi. Eng muhimi, jarayon emasmi?

Bidzina Ivanishvili

Gruziyaning sobiq bosh vaziri Bidzina Ivanishvili konchi farzandi bo‘lib, uning boyligi 5,5 milliard dollarni tashkil qiladi. 2016-yildan boshlab milliarder buyurtmasiga ko‘ra o‘lkaning turli burchaklaridan Qora yer dengizi yonida joylashgan uyidagi orqa hovli uchun yuz yillik daraxtlar olib kelinadi. Milliarder ularning ayrimlari o‘z vatani uchun timsol bo‘lib qolgani va ajarlarning bir necha avlodini ko‘rgani bilan qiziqmaydi ham. Axir, Gruziya qonunlariga ko‘ra, barchasi to‘g‘ri, mamlakat florasi uning hududidan tashqariga chiqqani yo‘q. Kelgusi 4 yil davomida daraxtlar ishqibozi o‘z uyiga 500 ta daraxt o‘tkazishni ko‘zlab qo‘ygan. Uning odamlari daraxtlarni o‘sayotgan joyidan ildizlari bilan birga ko‘chirib olib keladilar.
Axir, katta puling va daraxtlarga nisbatan o‘zgacha mehring bo‘lsa, ularni ko‘chirib olish nima degan gap, to‘g‘rimi?

Uorren Baffet

Bunga ishonish qiyin, ammo 20 yildan beri har yili dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatidan joy olib keladigan, investitsiyalar bozorining qirollaridan biri bo‘lmish Uorren Baffet yil davomida o‘zi ishtirokida tushlik qilish imkoniyatini sotadi. Ha, ha, noto‘g‘ri eshitmadingiz, aynan shunday!

Tushlikdan orttirilgan pullar esa uysizlarga kerakli mahsulotlar olib beruvchi va giyohvandlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisobiga o‘tkazib beriladi. Mazkur tushliklar Baffetning boyligiga pul qo‘shmaydi, albatta. Ammo odamlar uchun foydali inson bo‘lish Baffetga ajoyib kayfiyat bag‘ishlaydi. Odatda tushlik vaqti 3 soat davom etadi. Rekord darajadagi summa esa 2016 yilda qayd etilgan. O‘z ismining sir bo‘lib qolishini istagan odam kimoshdi savdosi vaqtida milliarder bilan tushlik uchun 3,5 million dollar taklif qilgan.

Bugun dunyoda 2000 nafar milliarder yashaydi. Ko‘rib turganingizdek, boylik ularning ayrimlari uchun sinovga ham aylanadi. Umid qilamizki, ularning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘z hisobidagi pullarni xudbinlik emas, jamoatchilik foydasi uchun yo‘naltiradi.

 

 


Qiziqarli


														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

Olti yilda topshirilishi rejalashtirilgan temiryo‘l qurilishi muddatidan avval yakunlanishi mumkin

Olti yilda topshirilishi rejalashtirilgan temiryo‘l qurilishi muddatidan avval yakunlanishi mumkin

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi rejadan avvalroq yakunlanishi mumkin.
13:18 / 14.11.2025
Endi 14-18 yoshdagi o‘smirlar ham bank kartalarini ochishi mumkin bo‘ladi

Endi 14-18 yoshdagi o‘smirlar ham bank kartalarini ochishi mumkin bo‘ladi

Adliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘ris…
14:47 / 13.11.2025
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 17–20-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
14:30 / 15.11.2025
Rossiya yil oxirigacha 120 ming aviabomba ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Rossiya yil oxirigacha 120 ming aviabomba ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters agentligi bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) vakili Vadim Skibitskiyga tayanib xabar…
08:50 / 15.11.2025
Toshkentdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
17:38 / 15.11.2025
Kashmirdagi politsiya bo‘limida portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Kashmirdagi politsiya bo‘limida portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

AP nashrining yozishicha, natijada kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, yana 32 kishi yaralangan.
15:42 / 15.11.2025
Endi oilaviy poliklinikalarda ayrim xizmatlar pulli bo‘ladi

Endi oilaviy poliklinikalarda ayrim xizmatlar pulli bo‘ladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi qaroriga ko‘ra, endilikda rejali tibbiy yordamni yo‘llanmasiz olish — pullik asosda amalga oshir…
09:11 / 14.11.2025
Sirdaryoda xotinini rashk qilib, shifokorni kaltaklagan erkak qamaldi

Sirdaryoda xotinini rashk qilib, shifokorni kaltaklagan erkak qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda erkak bemor xotinini rashk qilib shifokorni kaltaklagani haqida video tarqaldi.
09:45 / 15.11.2025
O‘zbekiston hamda Tojikiston rahbarlari uchrashdi

O‘zbekiston hamda Tojikiston rahbarlari uchrashdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettin…
16:50 / 15.11.2025
Germaniya, Yaponiya hamda Turkiya o‘zbekistonliklarga ish taklif qilmoqda

Germaniya, Yaponiya hamda Turkiya o‘zbekistonliklarga ish taklif qilmoqda

Migratsiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklarni xorijga ishga taklif qilmoqda. Xususan, ha…
17:23 / 14.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!