$
12940.44 UZS
-22.54
126.85 UZS
3.17
13336.42 UZS
-41.38
Kechasi -2°

Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasiga oid taqdimot bilan tanishdi

20:30 / 04.04.2023

Davlat rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinchi bosqichi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Bu bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy ob’yektlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Bularni loyihalashtirish va barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzildi. Xorijiy megapolislardagi urbanizasiya va qurilish tajribasi o‘rganildi.

Shunga muvofiq, Yangi Toshkentni administrasiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda. Bularning har biri tizimdagi bo‘g‘inlar va quyi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

Taqdimotda bunyodkorlik jarayonining “yo‘l xaritasi” bo‘yicha ham axborot berildi. Albatta, bunday ulkan loyihani amalga oshirish uchun ish, avvalo, infratuzilma yaratishdan boshlanadi. Qayd etilganidek, bunda zamonaviy urbanizasiya yondashuvlari, “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, “uch-generasiya” stansiyasi qurilib, ham elektr ishlab chiqariladi, ham binolar qishda isitilib, yozda sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Shaharda infratuzilma, turmush va ekologiya mutanosib bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. Piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda avtomobillar uchun yer osti turargohlari, 14 ta zamonaviy tunel, Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.

Davlat rahbari bo‘lajak shaharda “inson qadri” tamoyilini qaror toptirish, turli yoshdagi odamlarning ehtiyojlarini inobatga olib, barcha qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Inshootlarni ekspluatasiya va transportlar uchun qulay joylashtirish, yashil hududlar ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Taqdimotdagi yana bir loyiha Toshkent yerusti metrosining ostida savdo va xizmat shoxobchalarini joylashtirish haqida bo‘ldi. Jumladan, mazkur transport inshootining Yashnobod tumanidagi qismida 4 kilometr bo‘sh joy bor. U yerda yashil hududlar, avtoturargoh, vorkaut madonchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish mumkin. Bu borada Berlin shahri tajribasi o‘rganilgan.

Ushbu hududlarni lotlarga ajratgan holda ijaraga berish, xavfsizlikni ta’minlab, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Bu ham qiziq

Tramp inauguratsiyasi Sholsga saylovlarda yordam berishi mumkin

Tramp inauguratsiyasi Sholsga saylovlarda yordam berishi mumkin

“AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Olaf Sholsga bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonishda yordam b…
09:49 / 12.01.2025
Donetskdagi avtobus halokatida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Donetskdagi avtobus halokatida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Bugun DXRda avtobus ishtirokida avariya yuz bergan, natijada 3 kishi halok bo‘lib, 27 kishi jarohat olgan. Bu haqda Rossiya …
13:25 / 12.01.2025
Buxoroda MChJga qarashli yerni 280 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

Buxoroda MChJga qarashli yerni 280 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ish…
14:23 / 11.01.2025
Janubiy Koreyada halokatga uchragan samolyotning ikkala qora qutisi ham parvozning so‘nggi daqiqalarini yozib olmagan

Janubiy Koreyada halokatga uchragan samolyotning ikkala qora qutisi ham parvozning so‘nggi daqiqalarini yozib olmagan

Agentlikka ko‘ra, endi tekshiruvda turli axborot manbalari, jumladan, havo harakatini boshqarish yozuvlari, halokat videolav…
18:13 / 11.01.2025
Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi natijalar va vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi natijalar va vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan ta…
20:00 / 11.01.2025
Z avlod vakillarining 34 foizi ishning birinchi kunida ishxonaga kelmaydi

Z avlod vakillarining 34 foizi ishning birinchi kunida ishxonaga kelmaydi

Ta’kidlanishicha, Z avlod vakillari ishda ham shaxsiy ustuvorlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
15:10 / 12.01.2025
O‘zbekiston elchisi Lyuksemburgda ish boshladi

O‘zbekiston elchisi Lyuksemburgda ish boshladi

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fazilov Lyuksemburgning merosxo‘r buyuk gersogi Giyomga ishonch yorliqlarini topshirdi.
18:52 / 10.01.2025
Toshkent metropoliteniga yana 3 ta poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta poyezd olib kelindi

Bugun, 11-yanvar Toshkent metropoliteniga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda me…
12:10 / 11.01.2025
12-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

12-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
22:43 / 11.01.2025
UFC. Ramazon Temirovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

UFC. Ramazon Temirovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirovning dunyoning eng kuchli MMA Ligasidagi ikkinchi jangi rasman tasd…
13:20 / 11.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!