Bugun, 3-iyun kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqotda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani qayd etilgan. 2022-yilda o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlar va muzokaralar yakunlari bo‘yicha 2022–2023-yillarda O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgani aytildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarning Mo‘g‘uliston bozoriga eksportini orttirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarining istiqbollari, shuningdek, Mo‘g‘uliston delegatsiyasining 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilgan.
Muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:
Shuningdek, Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!