$
11823.69 UZS
45.17
139.74 UZS
0.78
13797.06 UZS
63.31
31° Kechasi 18°

Musulmonlar idorasi Fatvo hay’ati zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi

12:29 / 01.04.2022

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo hayʼatining milodiy 2022-yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil (hijriy 1443) uchun:

Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m ekani eʼtiboridan, bu yilgi Zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi.

Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 34 mln so‘m va undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori bug‘doydan yarim soʼ (2 kg.), arpadan bir soʼ (4 kg.), mayizdan yarim soʼ (2 kg.) va xurmodan bir soʼ (4 kg.)dir.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha 5 ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha 4 ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha 50 ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha 40 ming so‘m ekani maʼlum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, bu yilgi Fitr sadaqasining miqdori:

– bug‘doydan 2 kg 10 000 (o‘n ming) so‘m;

– arpadan 4 kg 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;

– mayizdan 2 kg 100 000 (yuz ming) so‘m;

– xurmodan 4 kg 160 000 (bir oltmish ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bo‘lib, bugungi kunda bu o‘rtacha 25 000 (yigirma besh ming) so‘mga to‘g‘ri kelganidan, bu yilgi Fidya miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) so‘m, bir oyga 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m deb belgilandi.

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.


Bu ham qiziq

Turli soha vakillarining mehnati davlat darajasida e’tirof etildi

Turli soha vakillarining mehnati davlat darajasida e’tirof etildi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatning turli hududlarida samarali mehnat qilib, o‘z sohasiga munosib hissa…
14:28 / 26.08.2026
Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Afg‘onistonda “Tolibon” xususiy oliy ta’lim muassasalarida ayrim ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich yopishni rejalasht…
15:29 / 26.08.2026
Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini sifatli o‘qitishga bag‘ishlangan respublika o‘quv-seminari tashkil etildi

24–28-avgust kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi …
09:24 / 25.08.2026
O‘zbekiston va Ozarbayjonda ishlagan fuqarolar uchun pensiya hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston va Ozarbayjonda ishlagan fuqarolar uchun pensiya hisoblash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolarining pensiya huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, i…
14:50 / 24.08.2026
AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh 24-avgust kuni Suriyani “terrorizm homiylari” davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqardi. Qaror mamlakatning 1979-yildan buy…
09:35 / 25.08.2026
OTMga kirish imtihonlarida maksimal ball olgan bitiruvchilar soni 8 baravarga oshdi

OTMga kirish imtihonlarida maksimal ball olgan bitiruvchilar soni 8 baravarga oshdi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarida eng yuqori natijani qayd etgan maktab bitiruvchilari soni yildan-…
12:13 / 26.08.2026
26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-avgust kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:07 / 25.08.2026
Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026
1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga bepul tarqatiladi

1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga bepul tarqatiladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun xarid qilingan o‘quv qurollaridan ortib qolgan qismi maktabgacha ta’lim tashkilotlar…
11:05 / 26.08.2026
Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlari bilan taqdirlangan har bir insonning mehnati, fidoyiligi va ko‘rsatgan jasor…
14:32 / 26.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!