Myanmadagi eng yirik etnik isyonchi guruhlardan birini nishonga olgan havo hujumi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi.
Taxminlarga ko‘ra, 100 nafar aholi vakillari jarohatlangan.
Halok bo‘lganlar sonini Kachin Mustaqillik Armiyasi (KIA) vakili polkovnik Nav Bu ma’lum qilgan.
Guvohlarning aytishicha, Kansi qishlog‘ida KIA tomonidan uyushtirilgan konsertga samolyot uchta bomba tashlagan.
Keltirilishicha, reyddan oldin hech qanday ogohlantirish bo‘lmagan.
Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar mashhur Kachin qo‘shiqchisi borligi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Kachin shtatining bu qismi yiliga 30 milliard dollar (27 milliard funt sterling) qiymatiga ega bo‘lgan nefrit konlari tufayli harbiylar va Kachin isyonchilari tomonidan ko‘p yillar davomida qattiq kurashib keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!