Joriy yil 31-mart kuni saot soat taxminan 23:30da Namangan shahar Davlatobod tumani Islom Karimov koʻchasida “Hyundai Sonata” rusmli, 01 T 234 ZA davlat raqam belgili avtomashina YPX inspektorlari tomonidan toʻxtatilib haydovchilik guvohnomasi va avtomoshina hujjatlarini koʻrsatilishi talab qilingan.
Rul boshqaruvidagi haydovchi esa, avtomoshina unga tegishli emasligini aytgan va hech qanday hujjat taqdim etmagan.
Shundan soʻng, transport vositasi belgilangan tartibda vaqtincha saqlab turish uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yoʻqligi, 01 T 234 ZA davlat raqam belgisi esa YHXXdan roʻyxatdan oʻtkazilmagani aniqlangan.
Chust tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli boʻlgan ushbu transport vositasida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar oʻrganilganda, haydovchi joriy yilning shu vaqtiga qadar jami 152ta holatda qoidabuzarlik qayd etib, buning ortidan yuzaga kelgan jarima summasi 410 mln soʻm ekanligi aniqlangan.
Biroq davlat raqam belgisi haqidagi maʼlumotlar tizimda mavjud emasligi bois, sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarishning imkoni boʻlmagan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Avtomashina esa jarima maydonida saqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!