Saida Mirziyoyeva shuningdek, Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
“Juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilindi. Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega.
Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi”, – deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!