O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ayrim reklama materiallari yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan tekshiruv ishlari o‘tkazildi.
Qo‘mita mutaxassislari “Instagram” tarmog‘idagi “aykous_sekret”, “dom_penyuar”, “shiray shop”, “nargizem_shop” hamda “arzon hostel” sahifalarida joylashtirilgan reklama roliklarini o‘rganib chiqdi. Tahlillar natijasida ushbu reklamalarning mazmuni jamoatchilikda qabul qilingan odob-axloq me’yorlariga zid ekani aniqlangan.
Tekshiruv yakuniga ko‘ra, “aykous_sekret”do‘koni rahbari Aygerim Ilyasova hamda “dom_penyuar”do‘koni rahbari Aynura Abdullayeva bo‘yicha “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish holati yuzasidan ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, “shiray shop”, “nargizem_shop” va “arzon hostel” sahifalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar sud organlariga yuborilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, reklamada milliy va oilaviy qadriyatlarga hamda axloqiy-ma’naviy me’yorlarga zid bo‘lgan obraz va iboralardan foydalanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!