Bugun, 5-avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Chortoq tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Namangan” MFY Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan savdo rastalarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kv.m maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismida bo‘lgan mahsulotlar yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘inni kengayib ketishining oldi olinib, 4000 kv.m maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!