$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

NASA olimi nima uchun Marsda hayot topilmaganini tushuntirdi

17:52 / 14.01.2023

Olimlar ko‘p yillar davomida Yerdan tashqarida hayot izlashdi, biroq hozircha ularning urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Marsda tirik organizmlarni aniqlashga urinishlar ham samarasiz bo‘ldi. Biroq Milliy ayeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) taslim bo‘lmoqchi emas va qidiruvni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, agentlik astrobiologi Xizer Grem nima uchun hozirgacha hech narsa topa olmagani haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, NASA You Tube kanalidagi qisqa videoda u Marsda hayot o‘tmishda ham mavjud bo‘lganligi haqidagi farazlarni tushuntirdi, ammo sayyoraning hozirgi holati tirik organizmlar uchun kam imkoniyat qoldirmoqda. Biroq, odamlar Marsda hayotning mavjud emasligi haqida gapirganda, ular aslida Mars yuzasidagi hayotni nazarda tutadi.

Sayyoraning ichki qatlamlari Qizil osmon jismining yupqa atmosferasiga kirib boradigan radiasiyadan yaxshiroq himoyalangan va u yerda yer osti suv omborlari belgilari bir necha bor topilgan. Buni tekshirish uchun Marsdan Yerga namunalarning qaytishini va ularni o‘rganish ishlari boshlanishini kutish kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Perseverance roveri yangi ma’lumotlarni olishga yordam bermoqda va kelajakda NASA aniqroq javoblarni bera oladigan boshqariladigan missiyani “qizil sayyora”ga jo‘natmoqchi.

“Hozirda Marsda hayot mavjudligi haqida hech bo‘lmaganda sayyora rivojlanishining qaysidir bosqichida aniq ayta olmasak ham, Curiosity rover tomonidan aniqlangan Geyl krateridagi organik uglerod zarralari buni bilvosita tasdiqlaydi”, – deydi Xizer Grem.

Avvalroq “Curiosity” roveri tomonidan olingan eski suratlar Mars sayyorasidagi yoriqlar atrofida ochiq rangli toshlarni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu materiallarning namunalari ilgari roverdagi uskunalar yordamida to‘plangan. Tadqiqotda Arizona universiteti tadqiqotchilari yangi usullardan foydalangan holda ushbu arxiv ma’lumotlarini tahlil qilgan. Ular bu yengil toshlarda “opal” (tarkibida suv saqlaydigan kolloidli kremniy oksididan iborat mineral) borligini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lishgandi.


Bu ham qiziq

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!