NASA sun’iy yo‘ldoshi – Amerikaning “Mars Reconnaissance Orbiter” sayyoralararo apparati (Mars orbital razvedka missiyasi) ayiqning yuzini juda eslatuvchi relyef parchasini suratga oldi.
Tasvirni o‘rgangan Arizona universiteti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, fotosuratda V shaklidagi kollaps strukturasi (ayiq burni), ikkita krater (ko‘zlar) va dumaloq yoriq (bosh) bo‘lgan tepalik tasvirlangan.
Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanalida bu xabarga kinoya bilan munosabat bildirdi.
“Yana ruslarmi?” – deb yozdi Rossiya TIV rasmiy vakili.
Ta’kidlanishicha, ushbu tasvirning o‘lchami taxminan 2 kilometrni tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!