$
12984.44 UZS
9.35
129.90 UZS
2.27
13442.79 UZS
69.36
Kechasi -4°

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

22:23 / 20.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand mamlakatimiz markazida joylashgan, savdo, sanoat, turizm, transport va agrar tarmoqlar yaxshi rivojlangan hudud. Davlatimiz rahbarining 2023-yil avgustdagi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar birin-ketin bajarilmoqda.

Endi yangi-yangi marralar olish zarur. Shu maqsadda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 4,1 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oshirish imkoniyati aniqlangan. Xususan, kelgusi yilda Samarqand viloyatida hududiy dasturlar doirasida kamida 1 milliard 850 million dollar investitsiyalarni o‘zlashtirish, 20 ming ish o‘rni yaratish va qo‘shimcha 1,2 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hisob-kitob qilingan.

Masalan, Pastdarg‘om tumani “Chimboyobod” hududida hokimlik zaxirasida turgan 234 gektar yerda maxsus sanoat zonasini tashkil qilish mumkin. Tadbirkorlar u yerga 500 million dollar investitsiya kiritib, farmatsevtika, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat loyihalarini boshlashga tayyorligini bildirgan.

Yoki Zarafshon daryosi atrofidagi 25 gektar toshloq yer “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga qo‘shilsa, 30 million dollarlik loyihalarga joy bo‘ladi. Darg‘om kanali bo‘yida 35 kilometrli turistik yo‘lak, Narpay kanalida gastronomik ko‘prik tashkil etish orqali birinchi bosqichda 500 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi.

Viloyatdagi yaylov va lalmi yerlarni iqtisodiy aktivga aylantirish kerak. Masalan, Samarqand tumanida 350 gektar lalmi yerda turistik-rekreatsion hudud tashkil qilib, mingta tadbirkorni joylashtirish va 3,5 mingta ish o‘rni yaratish mumkin.

Bulung‘urning tuprog‘i, iqlimi meva-sabzavotchilikka qulay. Tumandagi 6 ming gektar samarasi kam g‘alla maydonlari meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtirilsa, gektaridan daromad 10 ming dollardan oshadi, 45 ming odam ishli bo‘ladi. Mahsulotlarning yarmi eksportga chiqarilib, qo‘shimcha 52 million dollar eksport tushumi ta’minlanadi.

Ishtixon, Urgut, Payariq va Qo‘shrabotdagi odamlar 35 ming gektarda uzum yetishtiradi. Lekin serdaromad navlarni ekish, kasallikka qarshi kurashish, yangicha agrotexnik tadbirlarga ko‘nikma yetishmagani uchun hosildorlik past. Shu bois Ishtixonda Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy institutini tajriba stansiyasini tashkil qilish taklifi bildirilgan. Unda “in-vitro” usulida ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yilib, uzumning “Gigant”, “Sirliboy”, “Avatar” kabi bozorbop navlari ekiladi. Natijada hosildorlik qo‘shimcha 25-30 sentnerga, eksport 20 million dollarga oshadi.

Shuningdek, Qo‘shrabot, Ishtixon, Nurobod, Pastdarg‘om, Paxtachi va Urgutdagi konlar negizida foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalari ochish mumkin.

Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qaror kiritish vazifasini qo‘ydi. Loyihalarni master-reja asosida joylashtirish, ko‘proq ish o‘rinlari va zamonaviy uy-joylar tashkil etib, aholi farovonligini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														22-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

22-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 21.01.2025

														
														22-yanvar kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

22-yanvar kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
22:49 / 21.01.2025

														
														Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi

Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
21:41 / 21.01.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Akixiko Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Akixiko Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Ushbu yetakchi xorijiy moliya instituti bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masala…
20:37 / 21.01.2025

														
														Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

Uning vazifalari esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov zimmasiga vaqtinchalik yuklandi. Bu haqda O‘FA xabar ber…
19:58 / 21.01.2025

														
														Samarqand viloyatida qalbaki AQSH dollaridan foydalangan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida qalbaki AQSH dollaridan foydalangan shaxslar qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘…
19:10 / 21.01.2025

														
														2025-yilda 7 ta viloyatda yaylov xo‘jaliklari tashkil qilinadi

2025-yilda 7 ta viloyatda yaylov xo‘jaliklari tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni parrandachilikni rivojlantirish va yaylovlardan samarali foydalanish chora-tadbi…
18:33 / 21.01.2025

														
														Mirziyoyev Trampni tabriklab, O‘zbekistonga taklif qildi

Mirziyoyev Trampni tabriklab, O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga r…
17:03 / 21.01.2025

														
														Zaxira uchun jamg‘arilgan kartoshkalar ichki bozorga chiqarilmoqda

Zaxira uchun jamg‘arilgan kartoshkalar ichki bozorga chiqarilmoqda

O‘tgan 2024-yilda yurtimizda jami 3,7 million tonna, shundan asosiy maydonda 2,7 million tonna va takroriy ekin sifatida 1 m…
14:59 / 21.01.2025

														
														2025-yilda kambag‘al oila a’zolarini jalb etish orqali 20 ming gektar hududda o‘rmonlar barpo etiladi

2025-yilda kambag‘al oila a’zolarini jalb etish orqali 20 ming gektar hududda o‘rmonlar barpo etiladi

2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
12:27 / 21.01.2025

Bu ham qiziq

Xitoyda olomonga hujum qilgan haydovchi qatl etildi

Xitoyda olomonga hujum qilgan haydovchi qatl etildi

Hodisa oqibatida jami 35 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi yaralandi.
18:35 / 20.01.2025
Endi kitob o‘qigan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

Endi kitob o‘qigan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

Bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
17:26 / 20.01.2025
Turkiyadagi mehmonxonada katta yong‘in chiqdi

Turkiyadagi mehmonxonada katta yong‘in chiqdi

Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in oqibatida 10 nafar inson halok bo‘lgan va…
14:35 / 21.01.2025
Shavkat Mirziyoyev  2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident barcha davlat idoralarida moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilinishi zarurligini ta’kidladi.
20:33 / 20.01.2025
2025-yilda 7 ta viloyatda yaylov xo‘jaliklari tashkil qilinadi

2025-yilda 7 ta viloyatda yaylov xo‘jaliklari tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni parrandachilikni rivojlantirish va yaylovlardan samarali foydalanish chora-tadbi…
18:33 / 21.01.2025
Toshkent shahar hokimligi ogohlantiradi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantiradi

Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilm…
14:51 / 20.01.2025
22-yanvar kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

22-yanvar kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
22:49 / 21.01.2025
Ukraina Qozondagi aviatsiya zavodiga dronlar hujumini uyushtirdi

Ukraina Qozondagi aviatsiya zavodiga dronlar hujumini uyushtirdi

Rossiya Telegram sahifalarining xabar berishicha, portlash ovozlari “Gorbunov” nomidagi aviatsiya zavodi va yaqin atrofdagi …
12:39 / 20.01.2025
22-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

22-yanvar kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 21.01.2025
Suriyada Rossiya tovarlarini sotish taqiqlandi

Suriyada Rossiya tovarlarini sotish taqiqlandi

Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
13:25 / 20.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!